Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
3.32K subscribers
34.9K photos
3.14K videos
3 files
9.58K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Қозон Кремли” тарихий-меъморий ва бадиий музей-қўриқхонасида бўлди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев поcетил государственный историко-архитектурный и художественный музей-заповедник «Казанский Кремль».

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #Qozon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерациясига расмий ташриф доирасида Қозон шаҳрида Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках официального визита в Российскую Федерацию провел в городе Казани встречу с Раисом Республики Татарстан Рустамом Миннихановым.

#Mirziyoyev #tashrif #Tatariston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Gripp kasalligining profilaktikasi va grippga qarshi emlash tadbirlari mavzusida brifing.


🎥Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi epidemologiya va immunoprofilaktika bo'linmasi mudiri Roza Jumanova.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
❗️Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko`chalarida 6-oktyabr kuni gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

Bektemir tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:
— «Iyk Ota» mahallasi;
— «Gulbog`» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 36 ta.

Yunusobod tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:
— «Posira» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 1 ta.

Sergeli tumanida 14:00 dan 17:00 gacha:
— «Farog`atli» mahallasi;
— «Xonobodtepa» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 5 ta.

Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
— Qushbegi mavzesidagi 11 ta ko`p qavatli uylar;
— Boshliq ko`chasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 11 ta.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
🔢 Veolia Energy Tashkent kompaniyasining 2023-yildagi 9 oylik natijalari: press-tur davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollar

4-oktabr kuni biz press-tur tashkillashtirib o‘tkazdik va quyidagilarni OAV da yoritdik:

Toshkent shahrida isitish mavsumiga tayyorgarlik.

4000
dan ortiq shikastlangan joylar taʼmirlandi, umumiy uzunligi 54,17 km boʻlgan 328 ta uchastkada (2023-yil uchun rejalashtirilgan hajmning 95%) tarmoq quvurlari o'tkazildi, 3070 dona zulfinlar va 133 dona salma kondensatorlari almashtirildi.

Sergeli va Bektemir tumanlaridagi yopiq isitish tizimiga oʻtish boʻyicha pilot loyihasi.

Ikkala qozonxona (Vodnik va Sanoatenergo) binolarini qurish ishlari yakunlanmoqda, issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarning 70% bajarildi, umumiy quvvati 48 MVt bo'lgan ikkala qozonxonaga ham barcha texnologik jihozlar shuningdek issiq quvurli issiq suv qozonlari o‘rnatildi.

Issiqlik tarmoqlarining texnik auditi.

1500 km
dan 600 km issiqlik tarmoqlari oʻrganilib, olingan maʼlumotlar Toshkent shahrini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya dasturini optimallashtirish va issiqlik taʼminoti sxemasini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.

Toshkent shahrini issiqlik ta'minoti sxemasini ishlab chiqish.

2023-yil may oyida tegishli vazirlik va korxonalar, jumladan, Veolia Energy Tashkent dan ishchi guruh tuzilib, yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, barcha tomonlar bilan kelishib olindi.

Ekologik tashabbuslar.

11 ta
tuman va metrologiya xizmati bo‘limlarida umumiy quvvati 70 kVt bo‘lgan quyosh batareyalari o‘rnatildi. Endilikda elektr ta'minoti uzilib qolsa 5 soat davomida asosiy funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud va bular: iste'molchilarni qabul qilish, balans ma'lumotlarini taqdim etish, naqd pul operatsiyalari, shuningdek, sertifikat va kvitansiyalarni berish.

Korxona xodimlari uchun malaka oshirish va o'qitish dasturlari.

2023-yilda Veolia ning 19 ta o‘quv va ilg‘or amaliyot dasturlari joriy etildi, ular 1432 nafar xodimni qamrab oldi.
🏛Bektemir tumanining "Tashabbusli budjetlashtirish" natijalari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlar bo’yicha 2023-yil 3-chorak yakuni hisoboti bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://bektemirtumani.uz/pages/tashabbusli-budzhetlashtirish

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi