Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Rasmiy munosabat
RASMIY MUNOSABAT
✅O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi muxbiri Nigora Rahmonovaning "Bu bepisandlikmi yoki bee’tiborlik: nega ariqlar suv bilan emas, chiqindilar bilan to‘lmoqda?", deb nomlangan maqolasida Bektemir tumanidagi «Mirishikor» hamda «Zilola» mahallasidagi ko‘p qavatli uylar, shuningdek, 293- va 291-maktablar atrofidagi yo‘lak chetidagi ariqlar ichi mayda chiqindilar bilan to‘la ekanligi haqida aytib o‘tilgan.
✅Biz shuni ma’lum qilamizki, Bektemir tumani hokimligi ushbu maqolada tilga olingan mavzeni o‘rganib, yomg‘irli mavsumda hududdagi ariqlar suv bilan to‘lib, chiqindilar boshqa joylardan oqib kelib, chuqurliklarga tiqilib qolganligi ma’lum bo‘ldi.
✅Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat qilganimizda, ular markaziy ko‘chalar, binolar joylashgan joyning yuza qismini tozalashlari, aholi istiqomat qiladigan hududning ichkari qismi, ariqlar ichini tozalash ularning xizmat vazifasiga kirmasligini ma’lum qilishdi. Shunga qaramasdan mahalla raislari boshchiligida Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari, jamoat ishchilari, mahalla faollari bilan birgalikda hashar yo‘li bilan ariqlar tozalandi. Chiqindilar bilan bog‘liq holatlar bartaraf etildi. Aholiga atrof-muhitni ifloslantirmaslik, ekologiyaga zarar keltirmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
✅Biz tumanimiz aholisi vakillaridan shuni iltimos qilamizki, har bir fuqaro o‘zi yashayotgan hudud ozodaligiga mas’uliyat bilan yondashib, maishiy chiqindilarni maxsus idishlarga tashlashlarini so‘raymiz. Zero, ekologiya hamda atrof-muhit ozodaligini saqlash har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi

Telegram
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Chempionni ruhlantirgan hokim
✅Toshkent shahar Bektemir tumani o‘smirlari o'rtasida sportga qiziquvchilar soni kundan-kunga oshmoqda. Ular orasida shahar, respublika chempionlari ham talaygina.
✅Joriy yilning 23-25-aprel kunlari o‘smirlar o‘rtasida sportning karate shotakan turi bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.
✅Quvonarlisi shundaki, unda tumanimizning 2-BO‘SMda ustozi Anvar Ro‘ziev bilan 5 yildirki karate bilan shug‘ullanib kelayotgan Rayona Yo‘ldasheva faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga ega bo‘ldi.
✅Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyaev ushbu quvonchli voqeani eshitib, chempion qizni g‘alaba bilan shaxsan tabriklab, hokim sovg‘asi bilan taqdirladi.
✅Rayonaxonni kelajakda jahon chempioni bo‘lishiga tilak bildirgan holda, hokim kursisiga o‘tqazib, "Kelajakda el-yurt koriga yaraydigan, vatanimizga xizmat qiladigan kamida mendek hokim bo‘lgin", -deya tilak bildirdi.

🇺🇿Kuni kecha poytaxtimizning barcha tumanlaridagi DMTT tarbiyalanuvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Qurolli kuchlar davlat muzeyiga sayohati uyushtirildi.
🇺🇿Xusasan Bektemir tumani hokimligi va MTB hamkorligida 578-sonli DMTT tarbiyalanuvchilarining ham ishtiroki ta’minlandi. Jajji bolajonlar o‘zlarining badiiy va harbiy chikishlari bilan ishtirok etib, tadbirga fayz kiritdilar.
🇺🇿Tantanali tadbirdan so‘ng harbiy faxriylar DMTT tarbiyalanuvchilari bilan samimiy suhbat qurishdi.
🇺🇿Qurolli kuchlar davlat muzeyiga uyushtirilgan sayohat bolalarda olam-olam taassurotlar uyg‘otdi.
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
🇺🇿Xusasan Bektemir tumani hokimligi va MTB hamkorligida 578-sonli DMTT tarbiyalanuvchilarining ham ishtiroki ta’minlandi. Jajji bolajonlar o‘zlarining badiiy va harbiy chikishlari bilan ishtirok etib, tadbirga fayz kiritdilar.
🇺🇿Tantanali tadbirdan so‘ng harbiy faxriylar DMTT tarbiyalanuvchilari bilan samimiy suhbat qurishdi.
🇺🇿Qurolli kuchlar davlat muzeyiga uyushtirilgan sayohat bolalarda olam-olam taassurotlar uyg‘otdi.
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
📢HURMATLI BEKTEMIR TUMANI AHOLISI!
❇️Ertaga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Furqat Qalandarov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari ishtirok ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅Qabul Bektemir mahalla fuqarolari ucun ham soat 18.00 da Bektemir MFY binosida tashkil etiladi.
✔️Qabul davomida fuqarolar oʻzlarining muammo va takliflari hamda murojaatlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
✅Barcha mahalla fuqarolarni qabulga taklif etamiz.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service