Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.4K subscribers
35.3K photos
3.16K videos
3 files
9.7K links
Download Telegram
🚧Bektemir tumani hokimligi Uy-joy, kommunal xizmat koʼrsatish va obodonlashtirish boʼlimi tomonidan koʼplab ishlar jadal surʼatda davom etmoqda.
🚧Havo haroratining koʼtarilganidan foydalanib, ayni damda obodonlashtirish, boʼyash ishlari amalga oshirilmoqda.
🚧Jumladan “Iqbol” MFY hududidagi 8 va 9-koʼp qavatli uylarning tashqi qismlari boʼyalib kirish yoʼlaklari mukammal taʼmirlanmoqda.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Давлатимиз раҳбари «Silk road Samarkand» туризм маркази қурилиши билан танишди.
Бу улкан мажмуа Самарқанд туманидаги эшкак эшиш канали бўйида барпо этилмоқда. Лойиҳанинг қиймати 381 миллион долларни ташкил этади. Бугунги кунда 8 та меҳмонхона, конгресс холл, «Абадий шаҳар» карвонсаройи қурилмоқда. Меҳмонхоналарнинг иккитаси 22 қаватли, беш юлдузли, қолганлари тўрт юлдузли бўлади.
Бу ерда замонавий хизматларни йўлга қўйиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Глава государства ознакомился с ходом строительства туристического центра "Silk road Samarkand".
Огромный комплекс возводится вдоль гребного канала в Самаркандском районе. Стоимость проекта составляет 381 миллион долларов. Продолжается возведение 8 отелей, конгресс-центра и караван-сарая «Вечный город». Две гостиницы высотой 22 этажа будут пятизвездочными, остальные — четырехзвездочными.
Даны указания по развертыванию широкого спектра современных услуг.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⛹🏻‍♂️Taʼlim muassasalaridagi sport jihozlaridan muntazam foydalanishni taʼminlash boʼyicha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
🤼Bektemir tumanidagi taʼlim muassasalarining sport zallari har kuni kechki soat 17.00 dan 23.00 ga qadar sportga havasmand oʼquvchilar bilan gavjum boʼlmoqda.
🤾🏻‍♂️Jumladan, tumandagi 1-BOʼSM va 2-BOʼSM, Gubkin nomidagi akademik litsey hamda 293-, 290-, 291-, 347-, 337-, 289-sonli umumtaʼlim maktablari sport zalida yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish va boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida shaxmat, penchak silat, taekwando, o’zbek jang san’ati, erkin kurash, karate, badiiy gimnastika, muay-tay, boks, futbol kabi sport turlari bo’yicha doimiy mashgʼulotlar tashkil etildi.
⛹🏻‍♂️Taʼlim muassasalarining sport zallariga kun davonmida jami 337 nafar oquvchi yoshlar jalb qilingan.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi