Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.4K subscribers
35.3K photos
3.16K videos
3 files
9.7K links
Download Telegram
Migratsiya masalasi muhokama etildi

🟦 Kuni kecha Bektemir tumani majlislar zalida migratsiyada yurgan fuqarolarni qo'llab- quvvatlash,
ularning muammolarini o'rganish va hal etish hamda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni
ish bilan ta'minlash bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

🟦 Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Bektemir tumani bo‘limi boshlig‘i B.Qoriyev, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili G.To'xtayeva hamda mahalla raislari, hokim yordamchilari ishtirok etib migratsiya masalasidagi muammo va kamchiliklarni muhokama qildilar.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
📌Web-site 📌Telegram
📌Instagram 📌Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Bektemir
BEKTEMIR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

🏢 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

🔷 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Bektemir tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

📝 Qabulda 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Manba

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌐Web-site 📩Telegram
🖼Instagram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30dan oshiq fuqarolar ish bilan ta’minlandi

👫 Kecha Bektemir tumanida band bo’lmagan fuqarolar uchun Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🖊 Yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan 25 dan ortiq korxona va tashkilotlar o’zlarining bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar.

🏘 Yarmarka davomida 30 nafar fuqaro ishga qabul qilindi, huquqiy maslahatlar berilib kasb o’rganish uchun monomarkazga yo’llanmalar berildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌐Web-site 📩Telegram
🖼Instagram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha Respublikamiz bo`ylab "G'amxo'rlik" guruhlari ochilgan.

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "G'amxo'rlik" guruhida tarbiyalanayotgan, imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun o'yinchoq va inventarlar taqdim qilindi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌐Web-site 📩Telegram
🖼Instagram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bektemir tumani hokimi N.Abduraxmanov tuman iqtisodiy-ijtimoiy hayotini ko‘zdan kechirish, muammolarni aniqlash, ularning yechimlari bo'yicha o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Xususan, bugun tuman hokimi tumanda faoliyat yuritayotgan jelatin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

N.Abduraxmanov korxona ish surʼati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitni ko‘zdan kechirib, ishlayotgan insonlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌐Web-site 📩Telegram
🖼Instagram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM