Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.44K subscribers
34.9K photos
3.14K videos
3 files
9.59K links
Download Telegram
✔️Bektemir tumani 290-sonli umumta'lim maktabida “2-aprel – Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman”, "Maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiorlari ostida kitoblar koʻrgazmasi va kitob yarmarkasi tashkillashtirildi.

📚Kitob yarmarkasida kitobsevar oʻquvchilar va tadbirga taklif etilgan ota-onalar yangi kitoblar bilan tanishib ulardan harid qildilar va kutubxona fondini boyitishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
⚡️ Ҳурматли пойтахт аҳолиси ва меҳмонлари!

🌧 Тошкентда кучли шамол ва ёмғир ёғиши кузатилмоқда.

❗️ Сиздан эҳтиёткорлик чораларига риоя қилишингизни, дарахтлар ва темирли қурилмалар тагига автомашиналарингизни қўймаслигингизни сўраймиз.

☎️ Эслатиб ўтамиз, ноқулай об-ҳаво шароити – кучли шамол, ёғингарчиликлар билан боғлиқ ҳар қандай фавқулодда вазиятларда Тошкент шаҳар ҳокимлигининг тегишли хизматлари билан (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 ва 1055 рақамларига мурожаат қилиб боғланишингиз мумкин.

📨 Шунингдек, мурожаатингизни Xalq Nazorati портали ва иловаси орқали юбориш имконияти мавжуд.

📹YouTube 📱Facebook 📹Instagram 🌐Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳа объектларининг иситиш тизимларини модернизация қилиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам модернизации систем отопления в объектах социальной сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #isitish #ijtimoiysoha

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Ботир Эргашев, Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси ўринбосари, шоир:

— Юртимизда сиёсий жараёнлар кетяпти. Давлат Конституциясининг ислоҳоти ва унга бағишланган референдумга оз кунлар қоляпти. Мен ижодкор, шу юрт фуқароси сифатида бўлаётган жараёнларга бефарқ бўлмаган инсон сифатида шуни айтаманки, келажагимизни ўзимиз ҳал қилишимиз, ўзимиз танлашимиз керак. Бунинг учун референдумда фаол иштирок этишингизни сўраб қоламан.

@menbefarqemasman
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳа объектларининг иситиш тизимларини модернизация қилиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам модернизации систем отопления в объектах социальной сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #isitish #ijtimoiysoha

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
Photo
Poytaxt metropoliteni yer usti bekatlarini nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Ma'lumki, 2022-yil 5-11-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan geonom.tashkent.uz saytida shahar metropoliteni yer usti liniyasining “Do‘stlik-Qo‘yliq” va “Olmazor-Sergeli” yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ildi.

Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat Ishchi guruh “Geografik ob'ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab oldi.

Geografik ob'ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini ovoz berish yo‘li bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qiladi.
Ovoz berish joriy yilning 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.

Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul kilish uchun kiritishga taqdim etiladi.

Ovoz berish uchun havola: https://geonom.tashkent.uz

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site