Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.43K subscribers
34.9K photos
3.14K videos
3 files
9.59K links
Download Telegram
❇️Bektemir tumani hokimi T.Maxamadziyayev tumandagi umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib, pedagogik jamoalar bilan taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha muloqot oʻtkazdi.
❇️Respublikamizdagi, shu jumladan, Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining faoliyati samaradorligi baholanib, milliy reyting natijalari eʼlon qilindi.
❇️Reyting natijalariga koʻra namunali, deb topilgan yigirmata maktab orasida tumanimizdagi taʼlim muassasalarining ham eʼtirof etilgani, shuningdek, joriy oʻquv yilida davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar orasida tumanimizdan ustoz-pedagoglarning borligi quvonarlidir.
❇️Asosan taʼlim sifatini oshirish, maktablarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligini taʼminlash, bitiruvchi sinf oʻquvchilarining bandligini taʼminlash borasida izchil amaliy ishlar olib borilishi bu kabi yutuqlarga zamin yaratdi.
❇️Past koʻrsatkich qayd qilingan taʼlim muassasalarida vaziyatni oʻnglash, sifat va samaradorlikni oshirish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
✔️Bugun 25-oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni.

🇺🇿Hurmatli, tinchligimiz posbonlari!

Sizlarni Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

🇺🇿Yurtimizning osoyishtaligi, xalqimiz farovonligini taʼminlash, qonunchilik va huquq-tartibotini mustahkamlash yoʻlida olib borayotgan masʼuliyatli hamda sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin.

Yana bir bor, kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Zukko yoshlar bellashuvi

Bektemir tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktablarda yoshlarni bilim olishga qiziqtirish, shuningdek, ularning zukkoligini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan kuni kecha tumandagi “Iykota”mahallasidagi 347-sonli umumta’lim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida shunday bellashuv boʻlib oʻtdi.
“Ona tili va adabiyot” fan oyligi doirasida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida katta qiziqishlarga sabab boʻlmoqda.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
✔️Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limining malakali mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi DMTT va ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklar, jumladan virusli gepatit kasalliklari profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, ertalabki filtr va patronaj tadbirlarini sifatli tashkil etilganlik xolati bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.
✔️Monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni barataf etish va yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlarni kuchaytirish, ertalabki filtr tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyanomalar berildi va ijrosi biriktirilgan mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi