Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.43K subscribers
35.1K photos
3.15K videos
3 files
9.64K links
Download Telegram
Bektemir tumani “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish” markazi rahbari M.Norqulov va Toshkent shahar borqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Nuriddinovlar mahallalardagi hokim yordamchilarini tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, ularga ko‘maklashish maqsadida o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish natijasida tadbirkor tomonidan kredit ajratish masalasi ko‘tarildi shu munosabat bilan shahar mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan amaliy yordam berilishi aytib o‘tildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashining telegram kanali orqali O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bektemir tumani boʻlimi boshligʻi A.Baymatovning “Prezidentimiz boshchiligida tashkil qilingan "Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar shunchaki ko‘z bo‘yamachilikmidi?” sarlavhali tanqidiy lavhasi e’lon qilingandi.
Murojaat yuzasidan Bektemir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullaridan quyidagi bayonot olindi:
"Rejaga ko‘ra H.Boyqaro mahallasida bog‘ yaratish belgilangan edi. Lavhadagi hudud “Abay” MFYga qarashli. Toshloq maydonda o‘g‘itlar solinib, ko‘chatlar ekilgandi. Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmaganligi sabab sun’iy sug‘orilgandi. Yozda havo harorati keskin issib ketganligi bois ko‘chatlardan 40% saqlab qolindi. Hozirda hududga qaytadan ko‘chat ekish rejalashtirilgan".
🎥Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Bektemir tumani bo‘lim boshlig‘i A.Tursunovning munosabatini videorolikda batafsil tomosha qilishingiz mumkin.
❇️Bektemir tuman hokimligi, tuman Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi va tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 345-sonli maktabning 9-10-sinf o‘quvchilarini “Ochiq eshiklar” kuni munosabat bilan 89071 harbiy qismga sayohatlari tashkil etildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKTEMIR TUMANINING BA'ZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI

Bektemir tumani, "Iykota" va "Gulbog'" mahallalarida gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilganligi sababli bugun soat 08:00 dan 25-sentyabr 10:00ga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Yuqorichirchiqtumangaz” taʼminoti boʻlimi taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
#press_tur

📣 DIQQAT EʼLON!

Hurmatli OAV vakillari va blogerlar!

Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son, "Yoshlarni har tomonlama  qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida "Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostida press-tur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🎥Barcha OAV vakillari va blogerlarni mazkur press-turga taklif qilamiz.

📌Manzil: Bektemir tumani hokimligi.

📍Masʼul: Mahliyo Isakova
(90) 052-48-18
#press_tur

🎥Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son hamda “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman XTBga qarashli o‘rta umumta’lim maktablari bo‘ylab OAV xodimlari uchun navbatdagi press tur tashkil qilindi.
Press-tur davomida OAV vakillari va jurnalistlar tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar va ta’lim tizimida joriy etilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi