Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
4.4K subscribers
35.3K photos
3.16K videos
3 files
9.7K links
Download Telegram
Bektemir tumani 30-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida 2021-2022 oʻquv yili yakuni munosabati bilan hisobot konserti boʻlib oʻtdi.
🎉Tadbirda barcha boʻlim oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etib, yig'ilganlarga a'lo kayfiyat ulashishdi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
🩺12 may har yili Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, yurtimizda ham keng nishonlanadi.
🎊Kuni kecha Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasida Vazir o‘rinbosari – bosh boshqarma boshlig‘i A.V.Alimov tomonidan mamlakatimizda tibbiyot sohasida alohida ibrat ko‘rsatgan, yuqori darajalarga erishib kelayotgan vatanparvar hamshiralar "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🎉Taqdirlanganlar orasida Bektemir tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika katta hamshirasi Sh.Abduraxmonovaga ham "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.
🪅Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X.Ch.Mamatqulov tomonidan xalqimiz salomatligi va aholi roziligini olish uchun qilgan samarali mehnatlari yo‘lida tumanimizda faoliyat yuritayotgan. bir qator jonkuyar hamshiralarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района
#Rasmiy munosabat
RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi muxbiri Nigora Rahmonovaning "Bu bepisandlikmi yoki bee’tiborlik: nega ariqlar suv bilan emas, chiqindilar bilan to‘lmoqda?", deb nomlangan maqolasida Bektemir tumanidagi «Mirishikor» hamda «Zilola» mahallasidagi ko‘p qavatli uylar, shuningdek, 293- va 291-maktablar atrofidagi yo‘lak chetidagi ariqlar ichi mayda chiqindilar bilan to‘la ekanligi haqida aytib o‘tilgan.

Biz shuni ma’lum qilamizki, Bektemir tumani hokimligi ushbu maqolada tilga olingan mavzeni o‘rganib, yomg‘irli mavsumda hududdagi ariqlar suv bilan to‘lib, chiqindilar boshqa joylardan oqib kelib, chuqurliklarga tiqilib qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat qilganimizda, ular markaziy ko‘chalar, binolar joylashgan joyning yuza qismini tozalashlari, aholi istiqomat qiladigan hududning ichkari qismi, ariqlar ichini tozalash ularning xizmat vazifasiga kirmasligini ma’lum qilishdi. Shunga qaramasdan mahalla raislari boshchiligida Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari, jamoat ishchilari, mahalla faollari bilan birgalikda hashar yo‘li bilan ariqlar tozalandi. Chiqindilar bilan bog‘liq holatlar bartaraf etildi. Aholiga atrof-muhitni ifloslantirmaslik, ekologiyaga zarar keltirmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Biz tumanimiz aholisi vakillaridan shuni iltimos qilamizki, har bir fuqaro o‘zi yashayotgan hudud ozodaligiga mas’uliyat bilan yondashib, maishiy chiqindilarni maxsus idishlarga tashlashlarini so‘raymiz. Zero, ekologiya hamda atrof-muhit ozodaligini saqlash har birimizning fuqarolik burchimizdir.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
Chempionni ruhlantirgan hokim

Toshkent shahar Bektemir tumani o‘smirlari o'rtasida sportga qiziquvchilar soni kundan-kunga oshmoqda. Ular orasida shahar, respublika chempionlari ham talaygina.

Joriy yilning 23-25-aprel kunlari o‘smirlar o‘rtasida sportning karate shotakan turi bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi shundaki, unda tumanimizning 2-BO‘SMda ustozi Anvar Ro‘ziev bilan 5 yildirki karate bilan shug‘ullanib kelayotgan Rayona Yo‘ldasheva faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga ega bo‘ldi.

Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyaev ushbu quvonchli voqeani eshitib, chempion qizni g‘alaba bilan shaxsan tabriklab, hokim sovg‘asi bilan taqdirladi.

Rayonaxonni kelajakda jahon chempioni bo‘lishiga tilak bildirgan holda, hokim kursisiga o‘tqazib, "Kelajakda el-yurt koriga yaraydigan, vatanimizga xizmat qiladigan kamida mendek hokim bo‘lgin", -deya tilak bildirdi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi