Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
3.29K subscribers
40K photos
3.39K videos
3 files
10.9K links
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Download Telegram
❇️Bektemir tumani hokimligi va tuman Xalq ta’limi bo’limi hamkorlikda tumandagi 337-sonli umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.
❇️Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Bektemir tumanidagi bosh mutaxassisi O.Saydaliyev hamda tuman IIOFMB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining 699-son “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi va 489-son “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlari tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
❇️Dinimizga zid boʻlgan yot qarashlar, ekstrimistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo'lish zarurligiga alohida urgʻu berildi.
Tadbir davomida "Mehr-5" nomli hujjatli film han namoyish etildi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
🪅Bektemir tumani 2-sektor hududidagi Gulbog‘ MFY Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan tumandagi 347-sonli umuta’lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Оna Vatanga mehr-muhabbat hissini singdirish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎉Tadbirda maktab o‘quvchilari o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga a’lo kayfiyat ulashishdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌BUSh (bog‘dorchilik-uzumchilik shirkat)lari aholisi endi butunlay doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

🚧Bektemir tumani "Oltintopgan" mahallasi hududida joylashgan BUSh (bog‘dorchilik-uzumchilik shirkat)ida istiqomat qiluvchi aholining og‘irini yengil qilish, roziligini olish maqsadida d-100 mm uzunligi L-350 p.m yangi ichimlik suvi tarmog’i o‘tkazilmoqda.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
🎉Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va 9 may - Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlash maqsadida Bektemir tumani “Barkamol avlod bolalar maktabida “Qadr ulug‘ - xotira muqaddas” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🎉Unda Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqs to‘garagi yoshlarining turli chiqishlari, jonli musiqalar tadbirga ko‘tarinki ruh taqdim etdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi
🎉9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bektemir tumani MTM tasarrufidagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va xodimlari boshchiligida tarbiyalanuvchi bolalar bilan birgalikda front ortida mehnat qilgan faxriylar, yurtimizning tinchligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar, nuroniy otaxonu onaxonlar holidan xabar olgani borishdi.

🎊Jajji bolajonlarning kuy-qo‘shiqlari, yod olgan she’rlari, beg‘ubor, sho‘x-shodon kulgulari xonadon sohiblarining ko‘nglini nurga to‘ldirdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimligi