Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
3.8K subscribers
39.3K photos
3.36K videos
3 files
10.7K links
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Download Telegram
❇️Bektemir tumani sektor rahbarlari o‘z hududi bo‘ylab aholi bilan sayyor muloqotlar olib bormoqda.
❇️Dastlab, xonodonbay o‘rganishga kirishgan 3-sektor rahbari E.U.Ergashev o‘ziga qarashli mahalla fuqarolari bilan yuzma-yuz suhbat olib bordi.
Suhbat davomida hududdagi qator muammolaraholining turli toifa vakillari tomonidan sektor rahbariga bildirib o‘tildi.
Jumladan, hududda sport majmuasi, bolalar oromgohi, kutubxona kabi maskanlar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishida amaliy yordam so‘raldi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimli
❇️Kuni kecha Bektemir tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi boshchiligida mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazish bo'yicha ishchi guruh a'zolarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

❇️Yigʻilishda komissiya aʼzolari tarkibi tanishtirildi. Saylovga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi va fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimli
❇️Bektemir tumani sektor rahbarlarining oʻziga qarashli mahallalarni xonodonbay oʻrganish ishlari davom etmoqda.
4-sektor rahbari A.B.Eshkuvatov rahbarligida shtab ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda Yangi Nurafshon MFY hududida istiqomat qiluvchi “Temir daftar” va “Ayollar daftar”ida roʻyxatda turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari xolidan xabar olib, ularni tashvishlantirib turgan muammo va kamchiliklari oʻrganib chiqildi.
❇️Salomatligidan shikoyati bor fuqarolar shifokorlar tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimli
DXX raisi kubogi musobaqasiga start berildi

⚽️Kuni kecha Bektemir tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida sportning mini futbol turi boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqasiga start berildi.

⚽️Musobaqada tumandagi 18 ta mahalla jamoalari kuch sinashmoqda. Eng kuchli jamoa shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.iss.one/bektemirhokimli