BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)
1.58K subscribers
7.05K photos
860 videos
193 files
4.69K links
Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz!
Download Telegram
Sirdaryo: DXX chegara qoʻshinlari muddatli harbiy xizmatchilari uchun test sinovlari oʻtkazildi

Bugun, 12-fevral kuni DXX chegara qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar berish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🕰 Askarlar 3 soat vaqt davomida 100 ta test topshiriqlari (40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 20 ta mantiqiy, 10 ta fizika va 10 ta matematika)ni bajarishdi.

✔️Test sinovlarida ishtirok etgan va eng yuqori balni qo‘lga kiritgan 40 foiz askarlarga imtiyozli tavsiyanomalar beriladi.

📹Test sinovlari videokuzatuv ostida, adolatli va shaffof oʻtkazildi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 15-16-fevral kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-12

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📢 Bugun Guliston tumani 3-umumtaʼlim maktabi bitiruvchilari uchun navbatdagi diagnostik test sinovlari bo'lib o'tdi.

☝️Repetitsion-diagnostik test sinovlari o‘quvchilarga nima beradi?

1️⃣ o‘quvchilar o‘zining bilimini oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarigacha sinovdan o‘tkazib boradi.

2️⃣ oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga o‘zini ruhan tayyorlab boradi.

3️⃣ javoblar varaqasini to‘gʼri rasmiylashtirish tartibini o‘rganadi.

4️⃣ test savollari tuzilishi metodikasini o‘zlashtirib boradi.

5️⃣ test natijasi asosida noto‘gʼri deb topilgan savollar ustida qayta ishlaydi va o‘z bilimini mustahkamlab boradi.

📌 Hurmatli Guliston tumani bitiruvchi yoshlari!

👉 Siz ham oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik koʼrishni va bilimingizni sinovdan o‘tkazib borishni istaysizmi?
Unda sizga, Bilimni baholash agentligining 👉 my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, diagnostik test topshiriqlariga buyurtma berisiz.

👉 @bbasirdaryo
#chet_tili_testi
#umumtaʼlim_fanlari_testi

1️⃣ Chet tilidan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

2️⃣ Umumtaʼlim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida boʻlib oʻtadigan sertifikat imtihonlari

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmlarda batafsil koʻrsatilgan.

👉 @bbasirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺"Diyor Yangiliklari"
📁Harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari
📍Guliston shahri
LAVHA (12.02.2025)

📡
@Sirdaryo_Mtrk
Forwarded from Xushnudbek.uz
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna Prezident farmoniga asosan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Bugun viloyat hokimligida davlat mukofoti tantanali ravishda N.Xolbayevaga topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
#NOSTRIFIKATSIYA_TESTI

Sirdaryo: Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

Bugun, 14-fevral kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

❇️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

👉 @NostrifikatsiyaBBA_bot

👉 @bbasirdaryo 👈
#Kozi_ojiz_talabgorlar_chet_tili_testi

👨‍🦯 Sirdaryo: Ilk bora ko‘zi ojiz hamda zaif ko‘ruvchi talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini baholash imtihoni o‘tazildi

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ko‘zi ojiz hamda zaif ko‘ruvchi talabgorlarning cheklangan imkoniyatlarini inobatga olgan holda chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar CEFR talablari asosida B1, B2 hamda C1 daraja sertifikatlarini qo‘lga kiritishadi.

Test sinovlari Tinglab tushunish hamda Gapirish bo‘limni o‘z ichiga olib, jami 45 daqiqa vaqt ajratiladi.

🎧 Tinglab tushunish bo‘limi har bir qismida audiomatn va savollar 2 marta eshittiriladi, har bir savoldan so‘ng javob berish uchun 10 soniya vaqt beriladi.

⏭️ Imtihonda savollar va qismlar avtomatik tarzda keyingi savolga va keyingi qismga almashadi.

📊 Navbatdagi imtihon grafigi

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chet_tili_imtihoni
#kozi_ojiz_talabgorlar_uchun
#taassurotlar

🎙🎧Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida ilk bora ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi talabgorlar uchun o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni bo‘yicha talabgor Rashidova Kamolaning shaxsiy fikrlari.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| YouTube