Sardor Bazarbaev
7.84K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: [email protected]

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.iss.one/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Sardor Bazarbaev
🏆 OFLAYN olimpiada endi Xorazmda! 30-dekabr kuni Urganch shahridagi AVICENNA xalqaro maktabi va KHISO olimpiada maktabi hamkorlikda 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun oflayn olimpiada! Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida Matematika (20…
☀️ Xayrli kun aziz bilimdon o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar!

Bugun nasib qilsa, Xorazm viloyatining yangi hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ta'lim uchun, ayniqsa iqtidorli o‘quvchilar uchun bir qancha yangi loyihalarni muhokama qilamiz. Yangiliklar bilan uchrashuvdan keyin batafsil bo‘lishaman.

Iloji boricha hamma viloyatlarda (albatta hokimlariga bog‘lik) ushbu tashabbuslarni amalga oshirish niyatidamiz, duo qilib turasizlar🤲

🟥Endi asosiy masala. Ertaga Urganch shahrida o‘tkaziladigan oflayn olimpiada uchun bugun soat 14:00 da ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. Olimpiada esa ertaga soat 10:00 da boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tganlar va o‘tmaganlar menejer bilan bog‘lanib, ishtirokini tasdiqlashi kerak. Joylar deyarli qolmadi.

Menejer:
➡️ @AIS_menejer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun viloyatning yangi hokimi bilan uchrashdik!

Bir qancha takliflar bilan birgalikda kitoblarimizdan sovgʻa qildim.

Takliflarimni toʻliq qoʻllashini ma’lum qildilar. Yaqin kunlarda loyihasini va amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqsak, batafsil ma’lumot beraman.

P.S: Shunday hokimlar koʻpaysin deb yozaman, amalga oshganidan keyin:)
Sardor Bazarbaev
🏆 OFLAYN olimpiada endi Xorazmda! 30-dekabr kuni Urganch shahridagi AVICENNA xalqaro maktabi va KHISO olimpiada maktabi hamkorlikda 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun oflayn olimpiada! Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida Matematika (20…
RESULTS (AVICENNA) asosiy.pdf
356 KB
🟥 Xorazmdagi ilk oflayn olimpiada natijalari aniqlandi!

Olimpiadada jami 271 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va 13 nafari g‘olib deb topildi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 4-yanvar kuni AVICENNA INTERNATIONAL SCHOOL maktabida o‘tkaziladi.

Bugun barcha ishtirokchilar "Mantiqiy matematika" - innovatsion kitobimiz va sertifikatlari berildi. Kimlar olishga ulgurmagan bo‘lsa taqdirlash marasomida olishlari mumkin bo‘la

UPD: Natijalar tahrirlandi. Ba'zi o‘quvchilarning sinfi almashib qolgan ekan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Urganch shahrida o‘tkazilgan AVICENNA INTERNATIONAL SCHOOL bilan hamkorlikda oʻtkazilgan olimpiadadan video rolik.

Taqdirlash marosimi 4-yanvarda boʻlib oʻtadi, barchani taklif qilamiz!

0️⃣0️⃣0️⃣ Nasib qilsa, 2023-yilda bir qancha viloyatlarda hokimliklar va tadbirkorlar bilan hamkorlikda ko‘plab olimpiadalar tashkil qilamiz.

Video uchun Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga tashakkur izhor etamiz!

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Uzoq kutilgan oflayn olimpiada!

Yangi yilni yangi g‘alabalar bilan boshlashga tayyormisiz?

U holda sizni ertaga 8-yanvar kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda kutib qolamiz!

🥇 Gʻoliblar loyihalarimiz uchun 300.000 so‘mgacha vaucherlarni qoʻlga kiritishadi.

✍️ Roʻyxatdan oʻtish uchun: ➡️ ARIZA QOLDIRISH

📝Olimpiada dasturi bilan tanishing: ➡️ BATAFSIL

📍 Olimpiada Olmazor tumanidagi 134-umumta'lim maktabida o‘tkaziladi: ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

@khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
Kecha Urganch shahrida o‘tkazilgan AVICENNA INTERNATIONAL SCHOOL bilan hamkorlikda oʻtkazilgan olimpiadadan video rolik. Taqdirlash marosimi 4-yanvarda boʻlib oʻtadi, barchani taklif qilamiz! 0️⃣0️⃣0️⃣ Nasib qilsa, 2023-yilda bir qancha viloyatlarda hokimliklar…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆Taqdirlash marosimi o‘tkazildi!

Bugun AVICENNA INTERNATIONAL SCHOOL maktabida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Saloyevich ham ishtirok etdi va ota-onalarga Prezidentimiz murojaatini yetkazdi.

🥇 G‘oliblar medallar va mos ravishda 2 mln, 1,5 mln, 1 mln so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlanishdi.

🥇 Shuningdek, har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 500 tanga taqdim etiladigan bo‘ldi. Buning uchun ishtirokchilar sertifiklarini va id raqamlarini @kuntesti_admin ga yuborishi lozim.

Video uchun Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga tashakkur izhor etamiz!

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz matematika va shaxmatni chempionlardan o'rganishni xohlaysizmi?

Bizda Prezident va Al Xorazmiy maktablariga tayyorgarlik bilan birgalikda shaxmat darslari ham yo'lga qo'yilgan.

Darslardan tashqari, har oylik musobaqalar o'tkaziladi!

Shuningdek mobil ilovamiz va platformamizdagi kunlik testlar yordamida olingan bilimlar mustahkamlanadi!

Shuningdek, Turkiyalik matematiklar bilan hamkorlikda yaratgan kitobimizdan barcha o'quv markazlar asosiy adabiyot sifatida foydalanib kelmoqda.

Keling, biz bilan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlang!

🗺 Oʻquv markazimiz Toshkent metro bekati yaqinda (Kichik xalqa avtomobil yoʻli, 4-uy) joylashgan.

💪🏻 O‘tgan yilgi natijalarimiz haqida batafsil: ➡️ t.iss.one/khiso/3988

✍️ Darslarga yozilish: ➡️ https://bit.ly/3QiSCP4

🚀 @khiso_lc_admin
📞 +998939290006
☎️ +998555080106
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔄 Iqtidorli oʻquvchilar yozgi maktabida qatnashishni xohlaysizmi?

🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-mavsumining 4-saralash bosqichi;

Olimpiada Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 1-8 sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladi.

🗓 Ertaga 8-yanvar kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

🔄 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🇺🇿 Natijalar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchilarni aniqlashda inobatga olinadi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

🏆 Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

✝️ Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
🇺🇿 Uzoq kutilgan oflayn olimpiada! Yangi yilni yangi g‘alabalar bilan boshlashga tayyormisiz? U holda sizni ertaga 8-yanvar kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda kutib qolamiz! 🥇 Gʻoliblar loyihalarimiz uchun 300.000 so‘mgacha vaucherlarni…
RESULTS (08.01.2023).pdf
312.1 KB
Yangi hisob yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan oflayn olimpiada natijalari aniqlandi!

(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)

400 dan ortiq oʻquvchi roʻyxatdan oʻtib, 348 tasi olimpiadada qatnashdi.

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlandi:

🟨 - 🥇 medal, oʻquv markaz uchun 300.000 so‘mlik vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 300 tanga;

⬜️ - 🥈 medal, oʻquv markaz uchun 200.000 so‘mlik vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 200 tanga;

🟧 - 🥉 medal, oʻquv markaz uchun 100.000 so‘mlik vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 100 tanga;

Boshqa har bir ishtirokchi oʻquv markaz uchun 50.000 so‘m vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 50 tanga bilan mukofotlanadi.

⭐️ Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar va viloyatlardan tashrif buyurgan har bir oʻquvchilarga "Mantiqiy matematika" kitobimizning yangi nashri taqdim etildi.

🔖 Sertifikatini ololmaganlar va kuntesti uchun tangasini olmoqchi boʻlganlar @kuntesti_admin ga murojaat qilishlari lozim. (Ertaga soat 10:00 dan 18:00 gacha navbat bilan javob beriladi)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥇 8-yanvar kuni Olmazor tumanidagi 134-umumta’lim maktabida 2023-yildagi ilk olimpiada oʻtkazildi!

Olimpiadada Respublikamizning turli hududlaridan 348 ta oʻquvchi qatnashdi.

🏅 Gʻoliblar medallar, kitoblar va oʻquv markazda oʻqishlari uchun vaucherlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, viloyatlardan tashrif buyurgan har bir oʻquvchiga kitoblarimiz sovgʻa sifatida berildi.

🤝 Olimpiadani yuqori saviyada oʻtkazishda yordam bergan 134-maktab jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!

➡️ @bazarbaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 IQ nima degani?

Yuqoridagi savolni koʻpchilik beradi.

IQ - (intelligence quotient), oʻzimizni tilda aytganda intelektual salohiyat, daraja degani.

Bizda nufuzli maktablar (Al Xorazmiy va Prezident maktablari) imtihonlarida IQ boʻyicha savollar berilishidan xabaringiz bor. Ilgʻor davlatlarda ishga qabul qilishda ham IQ testlar orqali sinovdan oʻtkazishadi.

Xabaringiz bormi yoʻqmi, biz har oyda 2 marta barcha uchun bepul IQ TEST oʻtkazamiz. Shuningdek, bu boʻyicha kitob ham nashr qilganmiz.

Ushbu testlarning, navbatdagi soni bugun oʻtkaziladi.

Batafsil: 👉 https://t.iss.one/khiso/4103
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 Ilmga homiylik qiladigan tadbirkorlar koʻpaysin!

Kuni kecha Namanganlik tadbirkorlar homiyligida Matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf), Fizika (7-8 sinf) va Kimyo (7-8 sinf) fanlaridan mukofot jamgʻarmasi 90.000.000 soʻmlik olimpiada oʻtkazilishini e’lon qildik.

PARLAK AMBALAJ, MEXMASH va IFODA korxonalari rahbarlari (Namanganlik) oʻz viloyatidagi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirish niyatida olimpiada oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishgan edi.

Bundan tashqari PDP UNIVERSITY asoschisi Odilbek Mirzayev tashabbusi bilan umumiy sovrin jamgʻarmasi 5.5 milliard (!) soʻm boʻlgan 10-11 sinf va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan Respublika olimpiadasi tashkil etiladi. Bu haqida batafsil ma’lumot beraman.

Boshqa viloyatlarda ham olimpiadalar tashkil etilishini xohlaymiz, lekin tadbirkorlar yoki hokimlar bizga koʻmak berishi kerak. Bizni emas, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirishi kerak!

🤝 Ushbu xabarni oʻz viloyatingizdagi ilmni qadrlovchi insonlarga yuboring. Ular tashabbus koʻrsatishsa, biz tayyormiz!

P.S: oʻtgan 2 yilga yaqin hokimlar, tadbirkor va oʻquv markazlar rahbarlari bilan koʻplab olimpiadalarni yuqori saviyada oʻtkazdik. Gʻoliblar pul mukofotlari va maishiy texnikalar bilan taqdirlanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlat qilich bilan quriladi, lekin qalam bilan rivojlantiriladi!

Shu sababdan bugun faqat harbiy xizmatchilarning emas, vatanimiz ravnaqi uchun mehnat qilayotgan har bir yigitning bayrami desak xato bo‘lmaydi.

Shunday ekan, har bir yuragida vatan sevgisi bo‘lgan aka-ukalarimni bugungi bayram bilan tabriklayman. Har birimiz o‘z sohamizda chin dildan vatanimiz, xalqimiz uchun mehnat qilsak rivojlanishimiz barqaror bo‘ladi. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

Quyida sizlarga bir she'rni (aniqrog‘i qo‘shiq matni) keltiramanki, ba'zida hammasiga qo‘l siltab ketaman deganimda, shu qo‘shiq vatanimiz uchun qiladigan ishlarimiz ko‘pligini bildiradi.

Jahonda men tug‘ilgan o‘lkadek hech bir diyor bo‘lmas,
Bu yanglig‘ bog‘-u gulshan, ham bu yanglig‘ gul-u zor bo‘lmas.
Vatandan sevmakdan ortiq menga olamda shior bo‘lmas,
Vatanni sevmagan insondan jahonda baxtiyor bo‘lmas.
Vatan sevmak shiorimdir, menga o‘zga shior bo‘lmas!

Zuloli ta’mini topmam sira bolu shakarlarda.
Vatan yodi erur qalbimda bo’lsam men safarlarda,
Jamoliga to’yolmasman kezib qishloq, shaharlarda,
Qizil gul bargida bulbul kabi sayrab saharlarda,
Yana shoir qilur takror, Vatandin yaxshi yor bo’lmas.

To’yib boqgil bu yurt husnigakim, ko’nglingni chog’ etgin,
Bu elning o’g’liman, deb qil g’urur, ko’ksingni tog’ etgin.
Vatan har zarra tuprog’in ko’zingga sen qarog’ etgin,
Bobolar maskan etgan bu aziz tuproqni bog’ etgin,
Yarashgay iftixor etsangki, ortiq iftixor bo’lmas.

Vatan ishqida yongan qalb, bilingki, asti xor bo’lmas,
Vatan sevgan murodiga yetur, hech dilda zor bo’lmas.

(Adashmasam Erkin Vohidovning 1968-yil qozoq shoiri Jumakent Najmiddinov g’azaliga muhammasi)

Cheksiz hurmat bilan "MARD O‘GLON" davlat mukofoti sohibi Bozorboyev Sardor!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
🫥 Ilmga homiylik qiladigan tadbirkorlar koʻpaysin! Kuni kecha Namanganlik tadbirkorlar homiyligida Matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf), Fizika (7-8 sinf) va Kimyo (7-8 sinf) fanlaridan mukofot jamgʻarmasi 90.000.000 soʻmlik olimpiada oʻtkazilishini e’lon qildik.…
⚡️ SOVRIN JAMGʻARMASI 5,5 MLRD SOʻM BOʻLGAN MATEMATIKADAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI!

💰 Bosh sovrin:
50 mln soʻm

🫥 PDP University10-11-sinf va akademik litsey oʻquvchilari uchun matematikadan Respublika fan olimpiadasini oʻtkazadi.

Roʻyxatdan oʻtish: @pdpolympiad_bot

▶️ Olimpiada haqida batafsil: https://t.iss.one/khiso/4119

🏆 Mukofotlar:

💎 Platinum ligasida: 50 mln soʻm
💎 Gold ligasida: 20 mln soʻm
💎 Silver ligasida: 10 mln soʻm

🎁 10 ta noutbuk, 20 ta televizor, 12 mln soʻmlik 300 ta grant

‼️ Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun PDP University’da ta’lim olish uchun 1,7 mlrd soʻmlik grantlar!

🫴 Aziz oʻquvchilar, matematika fanidan oʻz bilimlaringizni sinab koʻring va respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

☑️ Bosh homiy: MEGA MOTORS

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

☎️ | 78-777-77-47
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ MATEMATIKADAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING OʻTKAZILISH TARTIBI

🌐 PDP University — qator hamkor tashkilotlar va KHISO olimpiada maktabi bilan hamkorlikda 10-11-sinf va litsey o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan Respublika fan olimpiadasini o‘tkazmoqda.

📌 Olimpiada ikki: saralash (online) va asosiy bosqich (offline) tarzida o‘tkaziladi.

👨🏻‍🏫 Sardor Bozorboyev — KHISO olimpiada maktabi asoschisi, xalqaro olimpiadalarda matematikadan 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari sovrindori. O‘quvchilar o‘rtasida ham, talabalar o‘rtasida ham Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin sohibi. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

🏂 Qadrli yoshlar, sizlarni matematikadan Respublika fan olimpiadasida ishtirok etishga chorlab qolamiz!

➡️➡️➡️ SHOSHILING ➡️➡️➡️

🏹 Ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling!

↗️ Olimpiada sayti: olympiad.pdp.uz
↘️ Telegram bot:
@pdpolympiad_bot

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

☎️ | 78-777-77-47
01.02.2023 soat 00:59

Ko‘pchilik uyquda
. Lekin bizning jamoa hali ham KHISO ofisida ishdamiz. Bir guruh jamoamizdagilar KUNTESTI mobil ilovamizda yanvar oyi g‘oliblarini aniqlashmoqda. Natijalardan skrinshotlar olindi va ballar nolga aylantirildi.

Yana bir guruh esa yangi (bir vaqtning o‘zida 3 ta) kitoblar ustida ishlamoqda. Hammasidan takliflarni eshitganimda xursand bo‘laman. Sababi, barchasidan taklif qanday qilib shu aziz yurtimizning farzandlarini yanada ilmga qiziqishini orttirish mumkinligi haqida.

Ha aytgancha, ertaga PDP olimpiadasining 1-saralash (onlayn) bosqichi @pdpolympiad_bot da start oladi va 5-fevralgacha davom etadi. Finalchilar aniqlanib, 12, 19, 26-fevral kunlari PDP UNIVERSITY binosida oflayn tarzda kurash olib borishadi.

4-fevralda esa Xorazmga uchib ketaman. 5-fevral kuni 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan "Viloyat hokimi sovrini" uchun olimpiada boshlanadi. Bu haqida batafsil yozaman.

Bu oyda har bir yakshanba (albatta boshqa kunlari ham) tadbirlarimiz bor ekan. Shu sababdan har oylik oflayn olimpiada fevralda bo‘lmaydi, lekin martning 1-yakshanbasida o‘tkaziladi.

Shuningdek, 5-fevral kuni khiso.uz platformasida "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining 5-bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqida ertaga e'lon beriladi.
Tez kunda🫥

Yuqori sinf
o‘quvchilari uchun viloyat va respublika olimpiadalariga tayyorgarlik uchun qo‘llanma. Video yechimlari va javoblari bilan.

PDP olimpiadasining har bir finalchisiga beriladi.

Olimpiadaning saralash bosqichining 2-kuni davom etmoqda. Sizda yana 3 kun vaqt bor.

👉 Olimpiada sayti: olympiad.pdp.uz
👉 Telegram bot: @pdpolympiad_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM