Sardor Bazarbaev
6.4K subscribers
2.75K photos
245 videos
598 files
1.35K links
Hamkorlik masalalari uchun: [email protected]

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.iss.one/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq tanaffusdan soʻng boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Xorazmda olimpiada oʻtkazildi!

8
-oktabr kuni MAINE learning center va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida matematika fanidan oflayn olimpiada boʻlib oʻtdi!

Olimpiadada Xorazm vohasining 240 nafar iqtidorli oʻquvchilari oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

⭐️ Gʻolib oʻquvchilar vaucherlar va kitoblarimiz taqdirlandi. Shuningdek, har bir ishtirokchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

Ushbu post 100 dan oshiq munosabat (“reaksiya”) yigʻsa Xorazmda ham har oyda oflayn olimpiada oʻtkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍130🔥7👏63😱3🥰1🎉1🤩1
Nodirbekdan navbatdagi chempionlik!

Jahon chempioni, “Mard oʻgʻlon” va “Oʻzbekiston iftixori” davlat mukofotlari sohibi Nodirbek Yakubboyev eng nufuzli turnirlardan biri “Qatar masters open - 2023” chempioniga aylandi.

Eslatib oʻtami, Nodirbek @khiso_chess shaxmat maktabi asoschisi va #khiso_football_team jamoamizning eng tezkor oʻyinchisi hisoblanadi.

Aytgancha, chempionning shaxsiy telegram kanaliga a’zo boʻlishni unutmang:

👉 @nodirbekyakubboyev
👍59🎉8🔥74🥰2👏2😁1😱1🤩1
Ochiq eshiklar kuni!

3 yildan beri barcha profillarimizga “Xorazmda filial ochinglar”, “Qachon Xorazmda ochasizlar” kabi murojaatlar tinimsiz kelardi. Shogirdim (IELTS koʻrsatkichi 8.0+) Gʻulomjon Yoʻldashev bilan yaxshi niyatda ish boshladik.

Urganch Davlat universiteti (Sobiq pedagogika fakulteti) yonida joylashgan MAINE learning centerda oʻquv markazimizning filiali sinov rejimida ish boshlaydi. Ertadan, ya’ni 30-oktabrdan 4-noyabrgacha bir haftalik bepul darslar boʻladi. Shuningdek, 5-noyabr kuni navbatdagi oflayn olimpiada boʻlib oʻtadi. (Bu haqida alohida e’lon beramiz).

Urganch filial uchun darslarga roʻyxatdan oʻtish:

➡️ https://khiso-school.modme.uz/entry/lead?utm_source=KHISO_KHOREZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3👏3🤩1
Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!


Yakshanba kuni kimlar uchundir dam olish kuni. Lekin oldiga katta maqsad qo‘ygan o‘quvchilar uchun emas.


Shunday ekan noyabr oyining ilk yakshanbasida katta maqsadli o‘quvchilarni matematika fanidan olimpiadalarda qatnashishga taklif etamiz!

Toshkent shahrida yashovchilar uchun (oflayn olimpiada): ➡️https://t.iss.one/khiso/4394

Xorazm viloyatida yashovchilar uchun (oflayn olimpiada): ➡️ https://t.iss.one/khiso_khorezm/3

Boshqa hududda yashovchilar uchun (onlayn olimpiada): ➡️ https://t.iss.one/khiso/4393

Hozircha ikkita hududda oflayn olimpiadalar yo‘lga qo‘yildi. Nasib qilsa boshqa hududlada ham oflayn tarzda olimpiadalarni yo‘lga qo‘yamiz, albatta siz duo qilib tursanglar🙂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12😱64🤩2🔥1
Results 05.11.2023 (TIFT).pdf
195.2 KB
Toshkent shahrida TIFT universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiada natijalari aniqlandi!

Urganch
shahrida o‘tkazilgan olimpiada natijalar kechroq e'lon qilinadi. (Ro‘yxatdan o‘tilgan o‘quvchilar soniga nisbatan bir necha marta ko‘proq o‘quvchi qatnashganligi sababli)

(Saytimizda esa aynan shu savollar berilgan onlayn olimpiada davom etmoqda!)

Toshkent shahridagi olimpiadaga 180 nafar o‘quvchi qatnashdi. (Urganch shahrida esa 500 dan ortiq o‘quvchi qatnashgan)

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlandi:

🟨 - 🥇 medal, oʻquv markaz uchun 300.000 so‘mlik vaucher;

⬜️ - 🥈 medal, oʻquv markaz uchun 200.000 so‘mlik vaucher;

🟧 - 🥉 medal, oʻquv markaz uchun 100.000 so‘mlik vaucher;

Boshqa har bir ishtirokchi oʻquv markaz uchun sertifikat, 50.000 so‘m vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 50 tanga bilan mukofotlanadi.
👍252🔥2🤩1
🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining 12-turi 10-noyabr kuni Xiva shahrida o‘tkaziladi.

Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
- matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
🦠 - biologiya fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik

🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Xiva shahridagi 5-maktabda bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada jarayoni soat 10:00 da boshlanadi.

📍 MAKTAB LOKATSIYASI

🫥 Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib borilmoqda. Oldinda yana bir tur (noyabr oxirida Shovot tumanida o‘tkaziladi) qolmoqda.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🤩5😢3😁2🥰1
7-8 matematika (Xiva shahar).pdf
238.3 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 12-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning 12-turi Xiva shahrida o‘tkazildi.

Olimpiadada jami 274 nafar o‘quvchi qatnashdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning oxirgi turi 25-noyabr kuni Shovot shahrida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi.

Dekabr oyida ushbu loyihaning finali - "Viloyat hokimi kubogi" bo‘lib o‘tadi!
👍23👏103😢3🤩3
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 12-turi Navqiron Xiva shahrida o‘tkazildi

Jami 13 turda oʻtkaziladigan
olimpiadaning 12-turi 10-noyabr kuni Xiva shahrida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, yil davomida barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib kelinmoqda.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning oxirgi turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🎉6🔥2👏21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun olimpiada gʻoliblari taqdirlandi!

5-noyabr kuni KHISO olimpiada maktabi tomonidan matematika fanidan oflayn olimpiada boʻlib oʻtdi!

Olimpiadada Xorazm vohasining 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 Gʻolib oʻquvchilar medallar va vaucherlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, har bir ishtirokchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

💥 Qiziqish va talablardan kelib chiqib 19-noyabr kuni keyin olimpiada oʻtkaziladi. Bu safar jiddiy tayyorgarliklar bilan. Bu haqida bugun batafsil e’lon qilamiz.

Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏3🥰2🤩1
Xorazmda qaysi tuman yoki shahar o‘quvchilari olimpiadada eng faol va eng yaxshi natijaga erishgan?


Xabaringiz bor o‘tgan yakshanba 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida navbatdan tashqari oflayn olimpiada o‘tkazildi.

🇹🇷 Turkiyalik ustozim Hakan Ozmanning maktablari nomi 3T-EGITIM. O‘zbekchasiga aytganda 3T-O‘qitish.

Xo‘sh nega 3 ta T

Bu TAHLIL (TAHLIL) - TEŞHİS (TASHXIS) - TAKIP (KUZATISH) so‘zlarining bosh harflaridan kelib chiqqan.


Demak natijalarni tahlil qilish va xatolarni aniqlash (tashxis) muvaffaqiyatga olib boradi. Shundan kelib chiqib, o‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qildik.

📊 Yuqorida qatnachuvchilar soni, umumiy ball, o‘rtacha ball va qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha tuman/shaharlar reytingini keltirdik.

Umumiy ball va qatnashchilar soniga ko‘ra Urganch shahar, o‘rtacha ball bo‘yicha Tuproqqal'a tumani hamda medallar soni bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani yetakchilik qilmoqda.

Keyingi yakshanba (19-noyabr) da 1-4 sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi olimpiada o‘tkaziladi.

Ko‘ramiz, bu safar qaysi tuman yoki shahar eng yaxshi natijani qo‘lga kiritadi?

Nima deysiz, yuqoridagi reytingni maktablar o‘rtasida ham qilish kerakmi?

🏆 Yangi olimpiada haqida batafsil: ➡️ t.iss.one/khiso_khorezm/26
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28😢3👏1🤩1