Sardor Bazarbaev
6.82K subscribers
2.75K photos
236 videos
595 files
1.33K links
Hamkorlik masalalari uchun: [email protected]

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.iss.one/bazarbaevs/4451
Download Telegram
🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining 10-turi 29-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkaziladi.

Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
-matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
🧲 -fizika fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga ortiq o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik

🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada soat 10:00 da boshlanadi.

📍 MAKTAB LOKATSIYASI

🫥 Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib boriladi.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-8 matematika (Qo‘shko‘pir).pdf.pdf
173.2 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 10-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning 10-turi Qoʻshkoʻpir tumanida o‘tkazildi.

Olimpiadada
jami 215 nafar Xorazmlik va Buxorolik (G‘ijduvan tumani) o‘quvchilar qatnashdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turi oktabr oyining 4-haftasida Xiva tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkaziladi.
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning navbatdagi turi g‘oliblari taqdirlandi!

Olimpiadaning 10-turi Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazildi va unda jami 215 nafar Xorazmlik hamda Buxorolik (G‘ijduvan tumani) o‘quvchilar qatnashdi.

🇺🇿 Ushbu tadbirda Prezident maslahatchisi Qahramon Quronboyev ishtirok etdi va g‘olib o‘quvchilarni taqdirladi.

📚 Oʻz navbatida ustozimizga kitoblarimizdan sovgʻa qildim!

Eslatib o‘tamiz, olimpiada viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilib, g‘oliblar mos ravishda uch, to‘rt, besh million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadaning keyingi turi oktabr oyining 4-haftasida Xiva tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkaziladi.

Joriy yilning dekabr oyida "final olimpiadasi - Viloyat hokimi kubogi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

Men ustozning farzandi, ustozning shogirdi va shogirdlarimning ustoziman. Ustozlikning mashaqqati va sharafini yaxshi bilaman. Ustoz shogirdi uchun oʻzidan koʻp qaygʻuradigan va yutugʻidan hammadan koʻp sevinadigan zotdir.

Bugun barcha ustozlarni bayram bilan tabriklayman. Faqat bugun emas har doim e’zozga loyiqsiz. Ustozlarim juda koʻp, sababi yuqorida Alisher Navoiy hazratlari aytib oʻtganlaridek, bitta harf oʻrganganlarimiz ham biz uchun ustoz. Lekin eng asosiy ustozlarimni sanab oʻtishni joiz topdim!

Avvalo koʻz ochib shu olam tartib qoidalari bilan tanishtirgan rahmatli otam, har bir savolimga erinmasdan javob bergan ilk ustozim - mehribon onam!

Matematikani chuqur sirlarini oʻrgatgan va olimpiada olamiga kirishimga sabab boʻlgan ustozim “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Yusufboy Boltayev!

Zoʻrlarni zoʻriman deb yurgan hom vaqtimda olimpiada tasavvurimdanda katta ekanligini koʻrsatgan va yoʻl koʻrsatgan ustozim - Shuhrat medali sohibi Umid Rahmonov!

Kichik viloyatdan Poytaxtga kelishimga sababchi boʻlgan maslahatgoʻy ustozim Qahramon Ibodullayev!

Matematika qanchalik kengligini, olimpiada xuddiki qisqa masofaga yugurish, ilm esa kamida marafon yugurishi ekanligini anglatgan, hozirga qadar ilmimga oʻzimdan koʻp qaygʻuradigan ustozim Karim Rahimov!

Zamonamizning allomalalari, biz uchun doimo mayoq boʻladigan millatimizning oltinlari, ustozlarim - akademiklar Azimboy Sadullayev, Shavkat Ayupov, Abdulla A’zamov va Gulmirza Xudoyberganov!

Davlat xizmatida men uchun tajriba va nam’una boʻlgan ustozlarim Qahramon Qoʻchqorovich, Sherzod Xotamovich, Usmon Ulfatovich, Alisher Zafarovich va Olimjon Alijonovichlar!

Men uchun oddiygina xulosa yoki tajriba bera olgan har bir inson ustozimdir. Barchangizga boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman. Doimo bor boʻling, yoʻllarim nurafshon boʻlsin!

Hurmat va ehtirom ila oddiy oʻrganuvchi Sardor Bozorboyev!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oktabr oyi uchun navbatdagi oflayn olimpiada!

🥇 KHISO olimpiada maktabi va TIFT universiteti hamkorligida matematika fanidan navbatdagi oflayn olimpiadani e'lon qiladi!

😄 Ushbu olimpiada 8-oktabr kuni soat 9:00 da bir vaqtda Toshkent shahrida va Urganch shaharda o‘tkaziladi!

❗️Qatnashish mutlaqo bepul, joylar soni cheklangan!

🥇 Gʻoliblar grantlar va kitoblarni qoʻlga kiritishadi.

✍️ Roʻyxatdan oʻtish uchun : ➡️ ARIZA QOLDIRISH

📝 Olimpiada dasturi bilan tanishishni unutmang: ➡️ BATAFSIL

📍 Toshkent shahridan qatnashadiganlar uchun TIFT universiteti binosida o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: Toshkent shahar elektr tarmoqlari, Maktabgacha ta'lim agentligi, UzAuto
Mas’ul: @khiso_lc_admin

📍Xorazm viloyatidan qatnashadiganlar uchun UrDU qoshida joylashgan MAINE o‘quv markazida o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: Urganch davlat universiteti Pedagogika fakuletitining avvalgi binosi.
Mas'ul: +998987788388 (Faqat Xorazm viloyati uchun)

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RESULTS (TIFT 08.10.2023).pdf
200.1 KB
TIFT universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiada natijalari aniqlandi!

(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)

Ushbu olimpiadada 186 nafar o‘quvchi qatnashdi.

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlandi:

🟨 - 🥇 medal, oʻquv markaz uchun 300.000 so‘mlik vaucher va kitob;

⬜️ - 🥈 medal, oʻquv markaz uchun 200.000 so‘mlik vaucher va kitob;

🟧 - 🥉 medal, oʻquv markaz uchun 100.000 so‘mlik vaucher va kitob;

Boshqa har bir ishtirokchi oʻquv markaz uchun sertifikat, 50.000 so‘m vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 50 tanga bilan mukofotlanadi.

🔖 Sertifikatini ololmaganlar va kuntesti uchun tangasini olmoqchi boʻlganlar @kuntesti_admin ga murojaat qilishlari lozim. (Ertaga soat 10:00 dan 18:00 gacha navbat bilan javob beriladi)
URGANCH 08.10.2023.pdf
350.8 KB
KHISO olimpiada maktabining URGANCH shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadasining natijalari bilan tanishing!

(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)

Xorazm vohasida olimpiadaga qiziqish juda katta ekanligini 4 ta sinfda jami 240 nafar o‘quvchi qatnashganidan bilish qiyin emas. Ayniqsa, Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-IDUM maktabiga tasanno aytsak arziydi
👏

Ota-onalarning talablaridan kelib chiqqan holda g‘olib va faol ishtirokchilarni oktabr oyi oxirida "Viloyat hokimi olimpiadasi" doirasida Xorazm viloyatiga borganimda taqdirlashga qaror qildik. Buni oldindan kanalimizda ma'lum qilamiz.

UPD: Natijalar bir nechta sinfi yozilmagan o‘quvchilarning sinfi to‘ldirilgach yangilandi. Tabiiyki, g‘oliblar safida ham o‘zgarish mavjud.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
URGANCH 08.10.2023.pdf
Ertaga (13-oktabr) kuni taqdirlash marosimini va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazamiz.

Urganch shahridagi Yoshlar markazida soat 17:00 da yakshanba kuni o‘tkazilgan oflayn olimpiada g‘oliblarini taqdirlash va qiziquvchilar uchun ochiq muloqot o‘tkazamiz.

G‘oliblarga diplom va kitoblar, barcha ishtirokchilarga esa sertifatlar topshiriladi.

Darvoqe, natijalar bir nechta sinfi yozilmagan o‘quvchilarning sinfi to‘ldirilgach yangilandi. Tabiiyki, g‘oliblar safida ham o‘zgarish mavjud. Ro‘yxatga yana bir bor qarab qo‘ying.
🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining 11-turi 14-oktabr kuni Xiva tumanida o‘tkaziladi.

Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
-matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
🧲 -kimyo fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik

🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Xiva tumanidagi 42-maktabda bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada soat 10:00 da boshlanadi.

📍 MAKTAB LOKATSIYASI

🫥 Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib boriladi.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-8 matem.pdf
157.4 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 11-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning 11-turi Xiva tumanida o‘tkazildi.

Olimpiadada jami 300 ga yaqin o‘quvchilar qatnashdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turi noyabr oyining 2-haftasida Xiva shahrida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkaziladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"da hal qiluvchi turlar boshlanmoqda

Jami 13 turda oʻtkaziladigan o
limpiadaning 11-turi 14-oktabr kuni Xiva tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va kimyo (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 10-noyabr kuni Xiva shahrida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq tanaffusdan soʻng boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Xorazmda olimpiada oʻtkazildi!

8
-oktabr kuni MAINE learning center va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida matematika fanidan oflayn olimpiada boʻlib oʻtdi!

Olimpiadada Xorazm vohasining 240 nafar iqtidorli oʻquvchilari oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

⭐️ Gʻolib oʻquvchilar vaucherlar va kitoblarimiz taqdirlandi. Shuningdek, har bir ishtirokchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

Ushbu post 100 dan oshiq munosabat (“reaksiya”) yigʻsa Xorazmda ham har oyda oflayn olimpiada oʻtkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM