Sardor Bazarbaev
7.84K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: [email protected]

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.iss.one/bazarbaevs/4451
Download Telegram
🇺🇿Davlat qilich bilan quriladi, lekin qalam bilan rivojlantiriladi!

Shu sababdan bugun faqat harbiy xizmatchilarning emas, vatanimiz ravnaqi uchun mehnat qilayotgan har bir yigitning bayrami desak xato bo‘lmaydi.

Shunday ekan, har bir yuragida vatan sevgisi bo‘lgan aka-ukalarimni bugungi bayram bilan tabriklayman. Har birimiz o‘z sohamizda chin dildan vatanimiz, xalqimiz uchun mehnat qilsak rivojlanishimiz barqaror bo‘ladi. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

Quyida sizlarga bir she'rni (aniqrog‘i qo‘shiq matni) keltiramanki, ba'zida hammasiga qo‘l siltab ketaman deganimda, shu qo‘shiq vatanimiz uchun qiladigan ishlarimiz ko‘pligini bildiradi.

Jahonda men tug‘ilgan o‘lkadek hech bir diyor bo‘lmas,
Bu yanglig‘ bog‘-u gulshan, ham bu yanglig‘ gul-u zor bo‘lmas.
Vatandan sevmakdan ortiq menga olamda shior bo‘lmas,
Vatanni sevmagan insondan jahonda baxtiyor bo‘lmas.
Vatan sevmak shiorimdir, menga o‘zga shior bo‘lmas!

Zuloli ta’mini topmam sira bolu shakarlarda.
Vatan yodi erur qalbimda bo’lsam men safarlarda,
Jamoliga to’yolmasman kezib qishloq, shaharlarda,
Qizil gul bargida bulbul kabi sayrab saharlarda,
Yana shoir qilur takror, Vatandin yaxshi yor bo’lmas.

To’yib boqgil bu yurt husnigakim, ko’nglingni chog’ etgin,
Bu elning o’g’liman, deb qil g’urur, ko’ksingni tog’ etgin.
Vatan har zarra tuprog’in ko’zingga sen qarog’ etgin,
Bobolar maskan etgan bu aziz tuproqni bog’ etgin,
Yarashgay iftixor etsangki, ortiq iftixor bo’lmas.

Vatan ishqida yongan qalb, bilingki, asti xor bo’lmas,
Vatan sevgan murodiga yetur, hech dilda zor bo’lmas.

(Adashmasam Erkin Vohidovning 1968-yil qozoq shoiri Jumakent Najmiddinov g’azaliga muhammasi)

Cheksiz hurmat bilan "MARD O‘GLON" davlat mukofoti sohibi Bozorboyev Sardor!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
🫥 Ilmga homiylik qiladigan tadbirkorlar koʻpaysin! Kuni kecha Namanganlik tadbirkorlar homiyligida Matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf), Fizika (7-8 sinf) va Kimyo (7-8 sinf) fanlaridan mukofot jamgʻarmasi 90.000.000 soʻmlik olimpiada oʻtkazilishini e’lon qildik.…
⚡️ SOVRIN JAMGʻARMASI 5,5 MLRD SOʻM BOʻLGAN MATEMATIKADAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI!

💰 Bosh sovrin:
50 mln soʻm

🫥 PDP University10-11-sinf va akademik litsey oʻquvchilari uchun matematikadan Respublika fan olimpiadasini oʻtkazadi.

Roʻyxatdan oʻtish: @pdpolympiad_bot

▶️ Olimpiada haqida batafsil: https://t.iss.one/khiso/4119

🏆 Mukofotlar:

💎 Platinum ligasida: 50 mln soʻm
💎 Gold ligasida: 20 mln soʻm
💎 Silver ligasida: 10 mln soʻm

🎁 10 ta noutbuk, 20 ta televizor, 12 mln soʻmlik 300 ta grant

‼️ Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun PDP University’da ta’lim olish uchun 1,7 mlrd soʻmlik grantlar!

🫴 Aziz oʻquvchilar, matematika fanidan oʻz bilimlaringizni sinab koʻring va respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

☑️ Bosh homiy: MEGA MOTORS

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

☎️ | 78-777-77-47
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ MATEMATIKADAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING OʻTKAZILISH TARTIBI

🌐 PDP University — qator hamkor tashkilotlar va KHISO olimpiada maktabi bilan hamkorlikda 10-11-sinf va litsey o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan Respublika fan olimpiadasini o‘tkazmoqda.

📌 Olimpiada ikki: saralash (online) va asosiy bosqich (offline) tarzida o‘tkaziladi.

👨🏻‍🏫 Sardor Bozorboyev — KHISO olimpiada maktabi asoschisi, xalqaro olimpiadalarda matematikadan 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari sovrindori. O‘quvchilar o‘rtasida ham, talabalar o‘rtasida ham Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin sohibi. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

🏂 Qadrli yoshlar, sizlarni matematikadan Respublika fan olimpiadasida ishtirok etishga chorlab qolamiz!

➡️➡️➡️ SHOSHILING ➡️➡️➡️

🏹 Ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling!

↗️ Olimpiada sayti: olympiad.pdp.uz
↘️ Telegram bot:
@pdpolympiad_bot

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

☎️ | 78-777-77-47
01.02.2023 soat 00:59

Ko‘pchilik uyquda
. Lekin bizning jamoa hali ham KHISO ofisida ishdamiz. Bir guruh jamoamizdagilar KUNTESTI mobil ilovamizda yanvar oyi g‘oliblarini aniqlashmoqda. Natijalardan skrinshotlar olindi va ballar nolga aylantirildi.

Yana bir guruh esa yangi (bir vaqtning o‘zida 3 ta) kitoblar ustida ishlamoqda. Hammasidan takliflarni eshitganimda xursand bo‘laman. Sababi, barchasidan taklif qanday qilib shu aziz yurtimizning farzandlarini yanada ilmga qiziqishini orttirish mumkinligi haqida.

Ha aytgancha, ertaga PDP olimpiadasining 1-saralash (onlayn) bosqichi @pdpolympiad_bot da start oladi va 5-fevralgacha davom etadi. Finalchilar aniqlanib, 12, 19, 26-fevral kunlari PDP UNIVERSITY binosida oflayn tarzda kurash olib borishadi.

4-fevralda esa Xorazmga uchib ketaman. 5-fevral kuni 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan "Viloyat hokimi sovrini" uchun olimpiada boshlanadi. Bu haqida batafsil yozaman.

Bu oyda har bir yakshanba (albatta boshqa kunlari ham) tadbirlarimiz bor ekan. Shu sababdan har oylik oflayn olimpiada fevralda bo‘lmaydi, lekin martning 1-yakshanbasida o‘tkaziladi.

Shuningdek, 5-fevral kuni khiso.uz platformasida "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining 5-bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqida ertaga e'lon beriladi.
Tez kunda🫥

Yuqori sinf
o‘quvchilari uchun viloyat va respublika olimpiadalariga tayyorgarlik uchun qo‘llanma. Video yechimlari va javoblari bilan.

PDP olimpiadasining har bir finalchisiga beriladi.

Olimpiadaning saralash bosqichining 2-kuni davom etmoqda. Sizda yana 3 kun vaqt bor.

👉 Olimpiada sayti: olympiad.pdp.uz
👉 Telegram bot: @pdpolympiad_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-sinf Natijalar .pdf
169.5 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 1-tur natijalari!

Xabaringiz bor, 2022-yil yakunida Xorazm viloyatining yangi hokimiga taklif bildirgan edim.

Ushbu olimpiadaning 1-turi viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turlari mart oyida Urganch va Yangibozor tumanlarida o‘tkaziladi. Ushbu turdan 5-6 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va 7-8 sinf o‘quvchilariga kimyo, biologiya, fizika (navbatma-navbat) fanlaridan olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada haqida to‘liq ma'lumotni tez orada video tarzida e'lon qilaman!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 1-turi Urganch shahrida o‘tkazildi!

2022-yil 29-dekabrda Xorazm viloyatining yangi hokimiga taklif bildirgan edim.

Ushbu olimpiadaning 1-turi viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turlari mart oyida Urganch va Yangibozor tumanlarida o‘tkaziladi. Ushbu turdan 5-6 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va 7-8 sinf o‘quvchilariga kimyo, biologiya, fizika (navbatma-navbat) fanlaridan olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada haqida to‘liq ma'lumotni tez orada video tarzida e'lon qilaman!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqori sinf oʻquvchilari uchun kitobimiz nashrdan chiqdi!

PDP university ko‘magida o‘zbek va rus tilidagi jami 600 ta savol va video yechimlarni o'zida jamlagan "Matematika Olimpiada testlari" to‘plamimiz nashrdan chiqdi!

📚 Kitob uch bo‘limdan iborat;

1-bo‘lim:
7-8-9 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan 200 ta savol va yechimlari
2-bo‘lim:
9-10-11 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan 200 ta savol va yechimlari
3-bo‘lim:
200 ta mutlaqo yangi IQ testlar va yechimlari.

Kitob yuqori sinf o‘quvchilari uchun viloyat va respublika olimpiadalariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.

🫥 Kitob PDP olimpiadasining har bir finalchisiga bepul beriladi, shoshiling 19-fevraldagi GOLD ligada ishtirokingizni tasdiqlang!

Buyurtma uchun: ➡️ @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Super yangilik!

2023-2024 o‘quv yilidan boshlab barcha viloyatlar va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta'minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yildan buyon Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu amaliyot bajarib kelinmoqda!

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5-6 MATEMATIKA 04.03.2023 natijalar umumiy.pdf
148.5 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 2-turi natijalari!

Xabaringiz bor, 2022-yil yakunida Xorazm viloyatining yangi hokimiga taklif bildirgan edim.

Bugun olimpiadaning 2-turi Urganch tumanida o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turi 24-mart kuni Yangibozor tumanida 5-6 sinf va 7-8 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan hamda 7-8 sinf o‘quvchilariga biologiya fanidan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz ushbu olimpiadaning 1-turi 5-fevral kuni viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan edi.
ON-LINE

Endi masofadan turib ham shaxmat o‘rganishingiz mumkin!

Juda ko‘pchilikdan onlayn shaxmat darslari bo‘yicha talab mavjud edi.

Shaxmatga qiziqadigan, lekin bevosita oflayn darslarda qatnashish imkoni bo‘lmayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!

🔥Biz sizga masofaviy, qulay va sifatli darslarni taqdim etamiz!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

🔹 @khisochess_admin
☎️
+998974519970
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Uzoq kutilgan oflayn olimpiada!

Yangi choraklikni yangi g‘alabalar bilan boshlang!

Barcha 1-8 sinf o‘quvchilarini 26-mart kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda kutib qolamiz!

🥇 Gʻoliblar 300.000 so‘mlik grantlar, kitoblar va medallarni qoʻlga kiritishadi.

✍️ Roʻyxatdan oʻtish uchun (FAQAT KELIB QATNASHADIGANLAR UCHUN): ➡️ ARIZA QOLDIRISH

📝Olimpiada dasturi bilan tanishing: ➡️ BATAFSIL

📍 Olimpiada Olmazor tumanidagi 134-umumta'lim maktabida o‘tkaziladi: ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

@khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9 milliard 900 million so‘m!

PDP Universty IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun “Unicorn 2.0” grantini eʼlon qiladi!

Ushbu grant quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🟢PDP University 1-kurs toʼlov shartnomasini 100% gacha qoplash;
🟢Yotoqxona xarajatlarini qoplash;
🟢Grant asosida taʼlim olayotgan talabalarning 3 mahalgacha ovqatlashini taʼminlash.

Loyihaning maqsadi — iqtidorli yoshlarga oʼzini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar berish, ularni bepul oʼqitish, aktual boʼlgan IT sohasini puxta oʼrgatish. Shuningdek, ularning moddiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga, mahalliy va xorijiy TOP kompaniyalarda faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi mutaxassis boʼlishlariga, katta StartUp loyihalarni boshlash, ularni boshqarishga qodir, muhim qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishlariga koʼmak berish.

➡️ BATAFSIL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
7-8 kimyo 04.03.2023 natijalar umumiy.pdf
Bugun Xorazm viloyati hokimi olimpiadasining 3-turi matematika va biologiya fanlaridan Yangibozor tumanida bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda kuzatishingiz mumkin: ➡️ JONLI EFIR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-8 matematika.pdf
199 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 3-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning 3-turi Yangibozor tumanida o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turi 8-aprel kuni Xonqa tumanida 5-6 sinf va 7-8 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan hamda 7-8 sinf o‘quvchilariga fizika fanidan o‘tkaziladi.