Surxondaryo viloyati hokimligi
24.5K subscribers
32.7K photos
3.26K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar, sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirokida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida deputatlar tomonidan 20 ta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan bo‘lib, xususan, viloyat sektor rahbarlarining biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlarini tinglab, har bir masala yuzasidan tegishli savollariga javob olishdi hamda qarorlar qabul qildi.

Sessiya ishi "Surxondaryo" teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Sitrus mevalardan 400 million so'mgacha daromad

Denov tumani "Tasmasoy" mahallasida sitrus mevalar yetishtirayotgan hamda ko'chatchilik bilan shug'ullanayotgan oilaning issiqxonachilik faoliyati xususida.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz huzurida tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan vazifalarni belgilash hamda loyihalarning borishi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Denov tumanlariga tashrif buyurdi.

Dastlab, Termiz shahrida barpo etilayotgan Etno shaharcha qurilishi ko‘zdan kechirilib, ishlarni jadallashtirish, sifatli amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Tumanlarda esa dala chetlari, aholi xonadonlari va avtomobil yo‘llari chetlarida daraxt ko‘chatlari ekish, g‘alla maydonlarida o‘g‘itlash, sug‘orish, shudgorlarni tekislash hamda yo‘llarni ta’mirlash tadbirlarining borishi bilan tanishildi. Avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, hududlarga tashrif davomida Jarqo‘rg‘on tumanida "Yangi O‘zbekiston" massivi, Denov tumanida turar joylar, "Denov mall" loyihasi, Yoshlar saylgohida xizmat ko‘rsatish, savdo nuqtalari, shuningdek, hududda ko‘prik va mikro GES qurilishi hamda bir kunlik qurilish va chorva mollari bozori rekonstruksiyasi o‘rganildi. Loyihalarni mustahakam va sifatli qurish, ishlarni jadallashtirish, inshootlarning mustahkamligiga e’tibor qaratish vazifalari topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X