Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniya elchisi bilan uchrashuvdan keyin, Termiz tumanida Al-Hakim at-Termiziy majmuasiga boruvchi yo‘lbo‘yi hududlari hamda yo‘laklarni tartibga keltirish, ta’mirlash, shuningdek, yashil hududlarni yaratish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, “Termiz erkin iqtisodiy zonasi” hududida “Surxon sendvich” MChJ tomonidan bazalt xom ashyosidan mineral vata ishlab chiqarish loyihasi qurilishi bilan tanishildi. Umumiy qiymati 26 mln dollar bo‘lgan ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida 320 ta yangi ish o‘rni yaratish, yiliga 20 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish hamda 4,5 mln dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, Qorayontoq mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy sohahamda boshqa obyektlar qurilishini ko‘zdan kechirdi. Shu yerning o‘zida ishlarning borishi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy rolik: O‘zligimiz tilimizda – uni kelajak avlodlar uchun sof holda asraylik!
Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi.
📹 Termiz davlat pedagogika instituti Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi.
📹 Termiz davlat pedagogika instituti Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Bahor mavsumida 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmagani tanqid qilindi. Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Har bir hokim, vazir, tashkilotga qayerga, qancha ko‘chat ekish egasi, joyi, suvi va mablag‘i bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi bo‘yicha qat’iy so‘rov bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
〰️〰️〰️
Urug‘ olish uchun o‘rmon xo‘jaliklaridan sog‘lom onalik plantatsiyasini tanlash orqali yiliga 1,5 ming tonna urug‘ tayyorlanishi, Koreya tajribasi asosida suvsizlikka chidamli, iqlim sharoitiga mos yopiq ildizli konteyner va in-vitro usulida 2 million ko‘chat yetishtirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmdagi 250 ming gektar cho‘lda suv talab etmaydigan saksovul, qandim, cherkez urug‘lari dronlar yordamida ekiladi.
〰️〰️〰️
Oktabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.
“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambag‘al oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolg‘iz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi.
Televidenie, radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda daraxt ekish nuroniylar, mahalla faollari, jamoat arboblari, san’atkor va sportchilar ishtirokida keng targ‘ib qilinsa, ishlarning samarasi bundan-da yuqori bo‘lishi ta’kidlandi.

Keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratiladi - Prezident
🔝 Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sug‘orish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi.
Sug‘orish tizimi bo‘yicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi:
➖ 27 ta tumanda sug‘orish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qaziladi;
➖ bahorda 14 ta tumanning tog‘ va adir qiyaliklarida qavat-qavat qilib, terrasa usulida 500 gektarda daraxt ekish boshlanadi.
🌳 “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha yashil bog‘ yaratishga kamida 1 gektar, yashil jamoat parki uchun yarim gektardan yer ajratiladi.
✅ Bu maydonlar ekish mavsumigacha “Ochiq byudjet” portaliga qo‘yilib, daraxt turlari bo‘yicha tavsiya va ularning narxi ko‘rsatiladi. Bunda, parvarishlashda mas’uliyatsizlik qilgan shaxslarni mobil ilova orqali ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Hokimlarga barcha obodonlashtirish bo‘limlarini 20 tadan sug‘orish mini-texnikasi bilan ta’minlash topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Sug‘orish tizimi bo‘yicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi:
➖ 27 ta tumanda sug‘orish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qaziladi;
➖ bahorda 14 ta tumanning tog‘ va adir qiyaliklarida qavat-qavat qilib, terrasa usulida 500 gektarda daraxt ekish boshlanadi.
Hokimlarga barcha obodonlashtirish bo‘limlarini 20 tadan sug‘orish mini-texnikasi bilan ta’minlash topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlanadi
💨 So‘nggi vaqtlarda yurtimizda chang bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘layotgani, bunga global iqlim o‘zgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani, cho‘llardagi o‘simliklar turlari ham keskin kamaygani sabab ekanligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari aholi ko‘payib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga e’tibor qaratib, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan-yilga ko‘payib borayotganini ta’kidladi.
🟠 Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.
🟠 Qo‘mitaga yil yakunigacha cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💨 So‘nggi vaqtlarda yurtimizda chang bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘layotgani, bunga global iqlim o‘zgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani, cho‘llardagi o‘simliklar turlari ham keskin kamaygani sabab ekanligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari aholi ko‘payib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga e’tibor qaratib, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan-yilga ko‘payib borayotganini ta’kidladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yo‘l ko‘kalam” tashkilotlari O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimiga o‘tkaziladi
Cho‘l va yarim cho‘l hududlarida “yashil” maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. “O‘zbekkosmos” agentligi bilan birgalikda cho‘llarda ekologik holatni monitoring qilish platformasi yaratiladi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligining bu yo‘nalishdagi mas’uliyati oshiriladi. Endilikda agentlik cho‘llanishga qarshi kurashish bilan ham jiddiy shug‘ullanadi, hokimliklar qoshidagi “Yo‘l ko‘kalam” tashkilotlari agentlik tizimiga o‘tadi.
Har bir hudud iqlimiga mos 100 milliondan ziyod nihol va ko‘chatlarni oddiy usulda mahalliylashtirish hamda yetishtirish xarajatini 20 foizgacha kamaytirish topshirildi.
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 20 gektarda tajriba-sinov maydonchasi qilib, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan o‘simliklarni yetishtirishni tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Hutererni qabul qildi.
Uchrashuvda vohaning savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, ta’lim, migratsiya va boshqa sohalarida Germaniya davlati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/647918
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining YAHM hajmi 6,2 foizga o‘sdi va 38 732,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saylov – 2024
Surxondaryo viloyatida 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga muddatidan oldin ovoz berish Saylov kodeksi va umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilmoqda.
Viloyatda joriy yilgi saylovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun puxta hozirlik ko‘rildi. Buning uchun viloyat hududiy va tuman, shahar saylov komissiyalari, saylov okruglari hamda saylov uchastkalarida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Rossiya kompaniyalari delegatsiyasini qabul qildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridan tashrif buyurgan Obligatsiya egalari uyushmasi Kengashi vakili Ilya Vinokurov boshchiligidagi "BIGANTO", "KORZINA" hamda “Sifra broker” MCHJlarining vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, "Zamin Angor" MCHJ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida rejalar ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, istiqbolli loyihalarni davom ettirishlarini qayd etishdi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mehmonlar uyida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Hatori Takashi hamda BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fujji xonim rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Yaponiya texnologiya universitetini tashkil etish, tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, onkologik kasalliklarni davolash, oldini olishga qaratilgan tizimli tibbiy dasturni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa loyihalar amalga oshirilayotganligi, shuningdek, 32 gektar maydonda Yaponiya texnologiyalari asosida biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini qurish rejalashtirilganligi ta’kidlandi.
Tomonlar hamkorlikdagi loyihalarning borishi, istiqboldagi rejalar hamda yoshlar, mahalla, xususiy sektor, sog‘liqni saqlash hamda davlat xizmati sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdi.