Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.2K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Sho‘rchi tumani hokimligi zalida o'tkazilgan onlayn qabulda 47 nafar tadbirkorning 55 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 10 tasi qabul davomida hal etildi hamda 45 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirilgan masalalarni puxta o‘rganish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda mas’uliyat bilan ishlash vazifasi topshirildi va murojaat ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligi qayd etildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:
@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sho‘rchiga tashrif: Yangi loyihalar taqdimoti, ishlab chiqarish korxonalari hamda monomarkaz filiali va IT markaz faoliyati bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cyber_month_2024

Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" tadbirlari doirasida fuqarolarimizning kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Topshiriqlar ijrosi: Sariosiyoning Diydor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Sariosiyo tumaniga tashrifida Diydor mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan edi.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi 6 km ichki yo‘llar ta’mirlanib, asfaltlash ishlari amalga
oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Termizdagi ikki institut yiriklashtirilib, yangi universitet tashkil etiladi

Prezidentimiz davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Xususan, joriy yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan Surxondaryodagi Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

Unda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilishi, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari tarmoq, korxona va oliy ta’lim muassasasi uzviyligini mustahkamlash, o‘z sohasida ilg‘or, raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov

Radjabov Azamat Jo‘rayevich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Radjabov 1983-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot.

Mehnat faoliyati davomida “Mikrokreditbank” AT bankining tuman, viloyat mintaqaviy filiallarida boshliq, “Mikrokreditbank” AT banki boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” AT banki Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi

Termiz xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va xodimlar o‘rtasida kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyatimiz bo‘ylab "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Dasturga ko‘ra Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlarida biznes forumda ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuvlar, loyihalar yuzasidan muzokaralar, kelishuvlarni imzolash tadbirlari, yirik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, logistika markazlari hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.

Bugun dasturga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chelyabinsk gubernatori Aleksey Tekslerning tomonlar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda qator kelishuvlarga erishildi.

Muloqot yakunida viloyatimiz hokimi Chelyabinsk gubernatori va tadbirkorlarni Surxondaryoga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #uchrashuv #muzokalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X