Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning “Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlarni mahalliylashtirish, sohada yangi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali aholini sifatli va arzon dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Hududlarda farmatsevtika sohasidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini loyihabay kesimda tashkil etish, yaratilayotgan imkoniyatlarni tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ib qilish, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga qator vazifalar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1826

#Surxondaryo #farmatsevtika #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida vazirlik va idoralar vakillari, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari, shuningdek, iqtisodiy kompleks tashkilotlari mas’ullari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimizning vohaga tashrifida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, ularni biznesga jalb qilish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish borasida 2024 yildagi muhim vazifalar, o‘rta shaharlar loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1863

#Surxondaryo #ijtimoiyiqtisodiy #rivojlantirish #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter