Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi 4-sonli Oilaviy poliklinikaning Xo‘jaqiya filialida bo‘lib, “Surxondaryo tajribasi”ni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, 10-sonli maktabda tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobga olingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1759

#Surxondaryo #Surxondaryotajribasi #tibbiyot #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tumanda qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mahalla “yettiligi” faoliyati, sektor rahbarlarining joriy yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni oshirish, yirik loyihalarni ishga tushirish yuzasidan taqdimoti, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi loyihasi hamda “IT” markazi va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1770

#Surxondaryo #tibbiyot #mahalla #loyiha #yettilik #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan manzilli ishlash, aholi salomatligini asrash hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, topshiriqlar va murojaatlar ijrosi hamda ijro intizomi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimizning viloyatimizga tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar hamda hududlarda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar ijrosi hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilindi. Shuningdek, AYOQShlarda avtobenzinning markasini qimmatiga almashtirib sotish holatlari aniqlanganligi tanqib qilinib, tegishli choralar ko‘rish topshirig‘i berildi va savdoga chiqarilayotgan avtobenzinlar hajmi hamda markalari to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish vazifasi qo‘yildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1771

#Surxondaryo #yoshlar #tibbiyot #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Angor tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Termiz shahri va boshqa tumanlar yoshlari ham videokonfrensaloqa tarzida ishtirok etishdi. Markaziy va hududiy studiyalar orqali yoshlar bilan muloqot qilinib, mutasaddilarga ularning muammolarini hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berildi.

Uchrashuvdan so‘ng tibbiyot muassasalarida dori-darmonlarning ishlatilishi ahvoli muhokama qilindi. Mutasaddilarga fuqarolarimizning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini so‘zsiz ta’minlash, bu borada doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari yuklandi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1776

#Surxondaryo #yoshlar #ochiqmuloqot #tibbiyot #doridarmon

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, 47-sonli oilaviy shifokorlik punkti, 31-sonli maktab va 9-sonli bog‘chada yaratilgan sharoitlar hamda “At-Termiziy” mahallasida “yettilik” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tuman markazidan 30 km olisda joylashgan “Guliston” mahallasida yangidan qurilgan, hududdagi 7 ta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi tug‘ruq kompleksi binosi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 51-sonli maktabda o‘tkazilgan harbiy-Vatanparvarlik festivalida ishtirok etgan viloyat rahbari yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tumanga biriktirilgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga ishlarni sifatli tashkil etganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1801

#Surxondaryo #hududlargatashrif #maktab #bogcha #tibbiyot #yoshlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter