Angor tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Termiz shahri va boshqa tumanlar yoshlari ham videokonfrensaloqa tarzida ishtirok etishdi. Markaziy va hududiy studiyalar orqali yoshlar bilan muloqot qilinib, mutasaddilarga ularning muammolarini hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berildi.
Uchrashuvdan so‘ng tibbiyot muassasalarida dori-darmonlarning ishlatilishi ahvoli muhokama qilindi. Mutasaddilarga fuqarolarimizning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini so‘zsiz ta’minlash, bu borada doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari yuklandi.
Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1776
#Surxondaryo #yoshlar #ochiqmuloqot #tibbiyot #doridarmon
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yagona to‘g‘ri yo‘limiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni ko‘paytirish – Prezident
Prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yalpi ichki mahsulotni oshirish bo‘yicha katta marra olingani, lekin bunga faqat ichki investitsiya va ichki bozor bilan erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
Bevosita investitsiya, sanoat va eksportga mas’ul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investitsiyaga mas’ul rahbar o‘rinbosari faoliyat yuritayotgan investitsiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hududlarda moliyalashtirish to‘liq yakunlangan 8 trillion so‘mlik 1 mingta loyiha haligacha ishga tushmagan. Mamlakatimiz sertifikatlarini tan olish bo‘yicha haligacha birorta davlat bilan kelishuvga erishilmagan.
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan qiymati 480 million dollarlik 5 ta loyiha bo‘yicha kelishuv imzolanganiga 1-2 yil bo‘lgan bo‘lsada, o‘zlashtirish boshlanmagan.
Kompleks uchun mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.
Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo‘lgan o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilib, ularga aniq KPI belgilanib, bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi, natijaga qarab shartnomani uzaytirish yoki bekor qilish belgilandi.

Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi
Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora, ya’ni, bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Vaholanki, talab etiladigan barcha sertifikat va ruxsatnomalar to‘liq raqamlashgan, nazoratchi xodimlar hujjatlar bor-yo‘qligini tekshiradi, xolos.
Shu bois, chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.
Tovarlarni bojxona rejimida qayta ishlash bo‘yicha yangi tartib joriy qilingandan keyin o‘tgan davrda 254 ta korxona ushbu tizimda ishlashni boshlagani natijasida 1,1 milliard dollarlik eksport bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm hududlari rahbarlariga bojxona rejimida qayta ishlash hisobidan 500 million dollardan eksportni ta’minlash topshirildi.

Boysunda qizil konyon hududi bo‘ylab havo sharlari uchirilmoqda
Surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbirlari boshlandi.
Yillar davomida tuproq hamda qoyalarning suv va shamol tufayli yemirilishidan hosil bo‘lgan tabiat mo‘jizasi – qizil konyon hududining o‘ziga xos manzaralari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etilgan bo‘lib, hududning turizm salohiyati va imkoniyatlari mahalliy hamda xorijiy nashrlar, sayt va bloglarda keng yoritiladi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirlar 18-19 yanvar kunlari, ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimidagi o‘zgarishlar belgilandi
Joriy yil 1-martdan:
➖ Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi;
➖ Yangi tizimga muvofiq, Investitsiya vazirligi chet eldagi qaysi bozorda qanday mahsulotlar xaridorgir ekanini aniqlaydi. Ularga kirish uchun hukumatlararo kelishuvlarga erishadi;
➖ Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga yangi bozorlar talablariga moslashishga ko‘maklashadi;
➖ Kompaniya beradigan subsidiya, kredit va yordamlar yangi tadbirkorlik reytingi asosida, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqayotgan eksportchilarga ajratiladi.

O‘tgan yili 5 ta - baliqchilik, parrandachilik, zargarlik, asalarichilik, ipakchilik tarmoqlarida xorijiy investitsiyani jalb qilish ishlari eng sust darajada bo‘lgani ko‘rsatib o‘tildi.
Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023-yilda 1,6 barobar o‘sgan bo‘lsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich imkoniyatga yarasha bo‘lmadi.
➖ 12 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.
➖ 6 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.
Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023-yilda 1,6 barobar o‘sgan bo‘lsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich imkoniyatga yarasha bo‘lmadi.
➖ 12 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.
➖ 6 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.
Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🏔 Boysunda havo sharlarini uchirish festivali davom etmoqda
Havo sharlari parvozlari vaqtida yig‘ilganlar uchun turli konsert tomoshalari, folklor jamoalarining chiqishlari, milliy o‘yinlar namoyishlari o‘tkazilmoqda.
🪕 Surxon baxshilarining termalari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.