Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosi faollar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvida ishtirok etdi. Unda yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘ylantirayotgan muammolari tinglanib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berildi.

Iqtidorli yigit-qizlar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator taklif va tashabbuslar ham qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatdagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan 40 mln dollardan maqsadli va samarali foydalanish masalasini muhokama qildi.

#Prezident  #yoshlar #uchrashuv  #sanoatzona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimiz surxondaryolik yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratdilar!”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tezkor shtab xabarlari | Yoqilg‘i quyish shahobchalarida navbatlar kuzatilayotgan vaqtda jamoat transporti xizmati uzluksizligi ta’minlanmoqdami?

Mazkur savol yuzasidan Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Umid Nazarov axborot beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami

Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda o‘rnatilgan Yangi yil bayrami archasi atrofida tashkil etilayotgan bayram konsert dasturlariga barcha vohadoshlarimizni taklif etamiz.

Video: Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda o‘rnatilgan bayram archasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Kurash bo‘yicha 2023-yilning eng yaxshilari!

Yilning eng yaxshi erkak Kurashchisi –Muhsin Hisomiddinov- +100 kg, O‘zbekiston, Surxondaryo

2023-yilda:
Osiyo chempioni (Hangjau, Xitoy);

World Series Pro xalqaro turniri Osiyo qit’asi saralash bosqichi g‘olibi (Hangjau, Xitoy);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir g‘olibi (Parij, Fransiya);

XIX Osiyo o‘yinlari g‘olibi (Hangjau, Xitoy);

World Series Pro xalqaro turniri Final bosqichi g‘olibi (Toshkent, O‘zbekiston);

Kurash bo‘yicha XIV Jahon chempioni (Ashxabod, Turkmaniston).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani “Uzumzor” mahallasida bo‘lib, aholi bilan muloqot qilindi. Qisqa muddatda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, oqova suv ta’minotini yaxshilagan holda aholining tomorqadan samarali foydalanish ko‘nikmasin oshirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi nogiron farzandi bo‘lgan, ko‘makka muhtoj oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1750

#Qosimov #Uzumzor #infratuzilma #oqovasuv #muhtojoila

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Odamlari hayotdan rozi Vatan osuda, obod va fayzli bo‘ladi

Publitsistika

Erta tong. Bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi nishonlanayotgan kun. Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmuratov va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abduvohidov bilan Boysunga yo‘l oldik.

Maftunkor tog‘lar qo‘ynidagi Duoba mahallasiga borish va “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida tubdan yangilangan hudud aholisining quvonchiga sherik bo‘lishga shoshayapmiz.

Batafsil: https://uza.uz/posts/551362

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tezkor shtab xabarlari | Aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlashda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur savol yuzasidan "Surxondaryo suv ta'minot" MChJ matbuot kotibi O‘roqali Diyorov axborot berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter