Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlar hokimliklaridagi studiyalar orqali 1 ming 500 nafar fuqaro bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Dastlab, viloyat rahbari ishtirokchilarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan tabriklab, o‘tgan bir yil davomida aholi murojaatlarini hal etish, turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

#Qosimov #qabul #murojaatlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi” bayrami munosabati bilan imzolagan tegishli Farmoniga asosan 17 nafar surxondaryolik shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov afv etilganlarni qabul qildi. Ularni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Prezident #Qosimov #avf #ijtimoiyhimoya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Ustoz ta’lim bunyodkori” mavzusidagi o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, ta’lim tizimi mutasaddilari hamda vohaning eng faol o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

#Qosimov #qurultoy #ustoz #talim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosi faollar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvida ishtirok etdi. Unda yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘ylantirayotgan muammolari tinglanib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berildi.

Iqtidorli yigit-qizlar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator taklif va tashabbuslar ham qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatdagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan 40 mln dollardan maqsadli va samarali foydalanish masalasini muhokama qildi.

#Prezident  #yoshlar #uchrashuv  #sanoatzona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimiz surxondaryolik yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratdilar!”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tezkor shtab xabarlari | Yoqilg‘i quyish shahobchalarida navbatlar kuzatilayotgan vaqtda jamoat transporti xizmati uzluksizligi ta’minlanmoqdami?

Mazkur savol yuzasidan Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Umid Nazarov axborot beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter