Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.29K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahri, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida qurilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Jumladan:
🔝 Termiz shahrida viloyat Bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish, obyektni foydalanishga topshirish yuzasidan vazifalar topshirildi;

🔝 Angor va Sherobod tumanlari hududida, M39 avtomobil yo‘li yoqasida kuzgi daraxt ekish jarayonlari o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan loyihaning joriy mavsumdagi ko‘chat ekish ishlari haqida axborot berdi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida:
🔝 “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar va boshqa obyektlar qurilish jarayonlari o‘rganildi;
🔝 “Surxon-500” podstansiyasidagi ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi;
🔝 Neftchilar mahallasida harbiy xizmatchilar uchun 120 xonadonli turar joylar qurilish-montaj ishlari jarayonlari bilan tanishildi.

Termiz shahridagi infratuzilma tadbirlari:
🔝 “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ viloyat filiali binosida tashkil etilgan kuz-qish mavsumi shtabi faoliyati o‘rganildi;
🔝 “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining zaxira omborxonasi va sohadagi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida mutasaddilar viloyat rahbariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar yuzasidan hisobot berib, yangi takliflarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari har bir yo‘nalish va soha rahbariga ishlarni sifatli bajarish, kuz-qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi hamda turar joylar va obyektlar qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
😄 | Tinch, ozod va obod hayotimiz ramzi sharaflandi

Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi.

Erta tongdan viloyatning asosiy bayram tadbiri boshlangan Termiz shahridagi “Bolajon bog‘i” hududi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar, jamoatchilik faollari bilan gavjum bo‘ldi. Ular bu yerdan Yoshlar markazi binosigacha uzunligi 30 metrli bayroqni olib yurish marshida ishtirok etdi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/658381

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚰Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

“Surxondaryo suv ta’minot” AJning xabariga ko‘ra kelgusida aholiga ichimlik suvini barqaror va sifatli yetkazib berish maqsadida “Xo‘jaipok” TISICH magistral suv tarmog‘i va Tarqatish bo‘limidagi quvurlarda davlat dasturiga asosan mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi.

🔝 Shu munosabat bilan magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan quyidagi 7 ta tumanda joriy yil 19-noyabr kuni soat 21:00dan 23-noyabr kuni (Ta’mirlash ishlari yakuniga qadar)ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Oltinsoy tumani;
Qumqo‘rg‘on tumani;
Bandixon tumani;
Qiziriq tumani;
Sherobod tumani;
Muzrabot tumani;
Angor tumani.

🚰«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan holda, mazkur hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib berilishini hamda ta’mirlash ishlari yakunlangach ta’minot qayta tiklanishini ma’lum qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Termiz shahrining ishlab chiqilayotgan bosh rejasi va unga asosan hududlarda ko‘p qavatli turar joylar loyiha takliflari taqdimoti bilan tanishdi.

Loyihalar qurilish sohasi mutasaddilari hamda quruvchi kompaniyalar vakillari tomonidan tanishtirilib, har bir loyihaning qiymati, situatsion rejasi hamda tanlangan hudud haqida axborot berildi. Viloyat rahbari bosh rejani ishlab chiqish ishlarini jadallashtirish, taklif etilayotgan loyihalaning texnik-iqtisodiy va hududiy yechimlari asoslarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, universitet majlislar zalida bugun hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, qurilish sohasidagi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari aholi murojaatlariga asosan Farovon massivida joylashgan ko‘p qavatli turar joylardagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Fuqarolar tomonidan xonadonlari topshirilmayotganligi, olingan ayrim ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘lasida suv yig‘ilib qolganligi yuzasidan murojaat qilingan.

Viloyat rahbari aholi bilan muloqot qilib, turar joylar qurilishini amalga oshirgan qurilish kompaniyalari mutasaddilaridan har bir masalaga izoh so‘radi. Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, topshirilmagan turar joylarning qurilishini yakunlab o‘z egalariga topshirish, hududdagi BSK faoliyatini jonlantirish yuzasidan topshiriqlarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X