Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun tadbirkorlar qabulidan so‘ng, Termiz shahrida “Oravit keramik” MChJning maishiy va dekorativ keramik buyumlar hamda “Surxondaryota’minbutlash” MChJning DSP laminatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, tadbirkor Furqat Qurbonovning non va non mahsulotlari ishlab chiqarish oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.

Tanishuvlar yakunida "Yoshlar va turizm" ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2244

#Surxondaryo #tadbirkorlik #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumanida ko‘p qavatli turar joylar, Agentlik bog‘i , “Yoshlar va turizm ko‘chasi”, xususiy klinika va quvvati 400 kVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari hamda “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, videokonfrensaloqa shaklida viloyatda “Kambag‘allikdan farvonlik sari” dasturiga asosan amalga oshirilayotgan ishlar, ijro intizomi, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarning hal etilishi hamda Sariosiyo tumanida turar joylar va ijtimoiy soha obyektlari qurilishi muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2251

#Surxondaryo #loyihalar #qurilish #ijrointizomi #dastur #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida “Yoshlar va turizm ko‘chasi”, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi hamda avtoturargoh va do‘konlar majmuasini qurish loyihalari taqdimoti bilan, Qumqo‘rg‘on tumanida maktablar hamda sport klubi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘qituvchilar bilan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga qiziqtirish, ular o‘rtasida mobil telefonlar, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikning oldini olish masalalarida suhbat qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2253

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #maktab #sportklub

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, korxonalar hamda taqdimotlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahridagi “Tinchlik”, Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ishlab chiqarish korxonalari, yangi bog‘ tashkil etish va yo‘l rekonstruksiyasi loyihalari taqdimoti bilan tanishildi hamda Jarqo‘rg‘onda gips ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida ishtirok etildi.

Shuningdek, viloyatda eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilinib, sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2254

#Surxondaryo #investitsiya #loyihalar #taqdimot #Sanoatzona #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrifi davomida “Gold agro fresh” MChJning issiqxonalar kompleksi, "SHAXRUZ BUILDINGS" MChJning parrandanchilik kompleksi, “Surxondaryo qurilish montaj” MChJning temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda “Generous south” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2287

#Surxondaryo #loyihalar #eksport #investitsiya #issiqxona #parrandachilik #temirbeton #un

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, Gulobod mahallasidagi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, uy xo‘jaliklarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2301

#Surxondaryo #Kambagallikniqisqartirish #bandlik #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, bozorlar va savdo komplekslari hamda saylgoh qurilishi, yangi tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi faoliyati, mikro GES va ko‘prik qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Denov tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasida yaratilgan sharoitlar va yangidan keltirilgan zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar yordamida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishilib, birlashma hududida DXSH asosida barpo etilayotgan diagnostika markazi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2315

#Surxondaryo #savdokompleks #loyihalar #taqdimot #kooperatsiya #mikroGES #tibbiyot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X