Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovа va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, faol o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi sa'y-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2144

#Surxondaryo #talim #ustozlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cyber_month_2024

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya"

Termiz shahrida joylashgan "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozorida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida kiber jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. 

Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling!
Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang. O‘z shaxsiy ma’lumotlaringiz va bank plastik kartalaringizni begona shaxslarga bermang hamda noma’lum akkauntlarga yubormang
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📸 Maftunkor Boysun tabiati

Purviqor tog‘lar bag‘ridagi Boysun Surxondaryo viloyatining xushmanzara, so‘lim go‘shalaridan biri sifatida dunyoga tanilgan.

Turfa go‘zalliklarga boy hududning betakror tabiati, xilma-xil noyob o‘simliklari, sir-sinoatga to‘la tog‘lari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Prezident qarori amalda: Surxondaryoda mahalla servis kompaniyalari ish boshlamoqda

Prezidentimizning 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilayotgan “Mahalla servis kompaniyasi” mahalla obodligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida ham tajriba asosida Termiz shahri va tumanlarning har birida bittadan "Mahalla servis kompaniyasi" tashkil etildi. Ularning taqdimot marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Temir yo‘lchi mahallasida ish boshlayotgan “Temir yo‘lchi mahalla servis kompaniyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan onlayn ishtirok etdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/614759

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Denov tumanida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlarda yaratilgan sharoitlar va ularning jarayonlarga shaylik holati bilan tanishdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da ishtirok etib, yoshlarning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, Qizilsuv daryosi bo‘yida yoshlar saylgohini tashkil etish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2145

#Surxondaryo #testsinovlari #kuzatuvxonalari #hokimvayoshlar #yoshlarsaylgohi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X