Bugun Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Radjabov boshchiligidagi mutasaddilar Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, viloyat hokimining tashriflarida berilgan topshiriqlar ijrosi, yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Dastlab, tuman hududidan o‘tuvchi M41-avtomagistral yo‘li bo‘yida joylashgan eski xiyobonni ta’mirlash, Yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish ishlarining borishi hamda “Sherzod sport klubi” faoliyati bilan tanishilib, sportchi yoshlar bilan suhbat qilindi.
Shuningdek, “Mexanika” xususiy korxonasining temir mahsulotlarini eritish va qayta ishlash faoliyati va “Qumtex Invest” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 73,5 mln dollarlik to‘qimachilik loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirishga tayyorlash jarayonlari bilan tanishildi. O‘rganish yakunida “Joziba mebel” xususiy korxonasining mebel ishlab chiqarish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilarga viloyat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlari sonini oshirish vazifalari topshirildi.
#Surxondaryo #loyihalar #vazifalar #ijro
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X