Surxondaryo viloyati hokimligi
23.8K subscribers
36.9K photos
3.62K videos
3 files
15.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Xalqaro olimpiada g‘olibi taqdirlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi g‘olibi Javohir Anvarov bilan uchrashdi.

Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Javohir joriy yilning 27-28-may kunlari 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va 25-30 iyun kunlari Turkiya davlatida o‘tkaziladigan Jahon fan olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Viloyat rahbari Javohirni erishgan natijasi bilan tabriklab, Jahon fan olimpiadasida ham omad tiladi hamda viloyat hokimligining diplom va sovg‘alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryoda maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 36-maktabda Surxondaryo viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarib borgan videokonferensaloqa shaklidagi seminarda vohadagi ta’lim sohasi mutasaddilari, boshqarma boshliqlari, shahar va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, mas’ullar hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/605393

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov korxonalar faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tekstil va ip-kalava, ofis va oshxona mebellari, un va un mahsulotlari hamda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2107

#Surxondaryo #korxonalar #ishlabchiqarish #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sho‘rchida ip-kalava, mebellar va un mahsulotlari hamda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UzA | Aholiga sayyor mobil xizmat ko‘rsatish boshlandi

Surxondaryo viloyatida “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlarining psixolog va yuridik xizmati xodimlari aholiga sayyor mobil xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tashkil etgan ilk sayyor mobil xizmat “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida Jarqo‘rg‘on tumanidan boshladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/605599

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
〰️〰️〰️

Anqara shahrida Prezidentimizni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
〰️〰️〰️

Anqara shahrida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
〰️〰️〰️

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
〰️〰️〰️

Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X