Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.7K photos
3.7K videos
3 files
15.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Svetlana Reinwarth /Germaniya/

Dyusseldorfer Blatt” xodimlari serquyosh O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyurishgan. Bu yerga kelish biz uchun yaxshi an’anaga aylangan. Har safar biz bu issiq va juda mehmondo'st mamlakatga borishni intiqlik bilan kutamiz.

Bu safar marshrut bizni O‘zbekistonning janubiga, Surxondaryo viloyatining go‘zal Boysuntov tog‘larida joylashgan kichik Boysun shahriga olib bordi. Bu yerda 2024-yilning 1-7-may kunlari “Frühling in Boysun” folklor festivali bo‘lib o‘tdi, bu o‘zbek tilida “Boysun bahori” degan ma’noni anglatadi
.


Germaniyaning “Dyusseldorfer Blatt” internet gazetasi muxbiri Svetlana Reinwarth “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalidagi taassurotlari haqida katta maqolani e’lon qildi.

Batafsil: https://duesseldorfer-blatt.de/boysun-bahori-deu.html

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍20👏2🔥1🙏1😐1
Bugun viloyat rahbari hududlarga tashrifi davomida Sherobod tumanida ham bo‘lib, “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishdi.

Umumiy qiymati 392 mlrd so‘m bo‘lgan, 175 ta doimiy ish o‘rni yaratiladigan loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash kompleksi va yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash zavodi qurilmoqda.

Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda qurilish ishlarini jadallashtirish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidlab, doimiy ish o‘rinlari yaratish hamda aholini go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashda muhim bo‘lgan loyihani muddatida ishga tushirish lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, mas’ullarga hudud atrofida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍27👏31🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘alla o‘rim-yig‘imi oldidan seminar o‘tkazildi va yirik chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍21👏21🎉1🤝1
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, shahardagi 300 o‘rinli tibbiyot klasteri hamda harbiy gospitalida olib borilayotgan ishlar, tibbiyot maskanlarini jihozlash, atrofini tartibga keltirish, yashil hududlarni barpo etish ishlari holati o‘rganildi.

Shuningdek, viloyat rahbari Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Tashrif yakunida mas’ullarga o‘rganilgan hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalarni obod va toza saqlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍313👏2🙏2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat rahbari Termiz shahrida ko‘chalar obodligi, tibbiyot maskanlari qurilishi va jihozlanishi bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍33👏4🔥2😐2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍💻 “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi bilan IT mutaxassisi bo'ling!

IT sohasida yosh iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini olib boruvchi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi joriy yil 27-may kuni boshlanadigan navbatdagi saralash Intensiviga arizalarni qabul qilishni davom ettirmoqda.

📆 Arizalar 21-may kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Saralash Intensivi - bu 26 kun davomida IT olamiga sayohat qilish imkoniyatidir. Uning doirasida ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilar, kod yozishni o‘rganadilar va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar.

☝️ Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilar Asosiy ta’limga qabul qilinadi. Bu yerda ular dasturlash tillarini o‘rganishlari, majburiy amaliyot o‘tashlari va mamlakatning eng yirik IT kompaniyalarida ish topishlari mumkin.

🔗 Ariza qoldirish uchun havola

Murojaat uchun telefon:
📞 +998 93 0394442

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍19🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida suv tejovchi texnologiyalar, jumladan, Xitoydan keltirilgan chigit ekilgan 48 gektar maydonda diskrit usulida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish tadbirlari, uning afzalliklari xususida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍19🔥3👏1😐1
❗️Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi

📋 Prezident Farmoniga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yil 15-maydan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi;

2024-yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;

birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar2024-yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

✔️ Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborish mumkin.

❗️ Murojaatchi my.gov.uz portalining «Mening arizalarim» bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍253👏2
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

#Surxondaryo #Tatariston #Forum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍29👏42