Surxondaryo viloyati hokimligi
23.8K subscribers
36.9K photos
3.63K videos
3 files
15.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Muzrabot tumanida davom ettirib, “Surxon-Agro majmuasi” MChJning 2 ming bosh qora molga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi hamda “Xalq yo‘li” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2003

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #aholixonadonlari #chorvakompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Davlat organlari va idoralari axborot xizmati rahbarlari uchun milliy konferensiya o‘tkazilmoqda

AOKA hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesi hamkorligida 18-20-aprel kunlari Nukus shahrida vazirlik va idoralar matbuot kotiblari uchun “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida konferensiya tashkil etilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Agentlik direktori A.Xodjayev ishtirokchilarni qutlab, sohadagi islohotlar, natijalar hamda muammo va yechimlar haqida raqamli ko‘rsatkichlar bilan batafsil to‘xtaldi.

Bugun o‘z ishini boshlagan konferensiya doirasida o‘tkaziladigan panel sessiyalarida:

🔘respublikada va hududlardagi axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi: mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari;

🔘tashkilot imijini yaratish, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil qilishda rahbar va axborot xizmati hamkorligi mavzularida taqdimotlar, keng munozarali suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Tatariston delegatsiyasi Termizga tashrif buyurdi

Bugun Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Termiz xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘rinbosarlari Sherzod Rajabov va Sherali Jo‘rayevlar kutib olishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi va majmua bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv hamda ikki tomonlama tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27-mart kuni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatimizda bo'lgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar Favqulodda vaziyatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. Polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. I.Ismoilov 1975-yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i podpolkovnik Nurali Kadirovni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani bilan qutlanib, Surxondaryodagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter