Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sangardak sharsharasining qishki go‘zalligi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak sharsharasi kuni kecha yurtimiz bo‘ylab yog‘ib o‘tgan qordan keyin shunday manzara kasb etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men boshliq viloyatning barcha darajadagi rahbarlari siz aziz yoshlarga yordamchimiz – Ulug‘bek Qosimov

Kuni-kecha Denov tumanida viloyat sektor rahbarlarining bir ming nafarga yaqin yoshlar bilash uchrashuvi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jo‘rayev Sherali Xolmaxamadovich Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984-yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika, moliya, davlat boshqaruvi.

Sh. Jo‘rayev mehnat faoliyati davomida tuman hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
💼 Yangi tayinlov

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yaqubov Odiljon Almaxamadovich Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O. Yaqubov 1983-yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – soliqlar va soliqqa tortish.

Mehnat faoliyati davomida davlat soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2023-yildan buyon Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💼 Yangi tayinlov

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan Normurodov Shuhrat Abdug‘afforovich Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh. Normurodov 1989-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – folklor-etnografik jamoalari tashkilotchisi.

Mehnat faoliyati Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari, Madaniyat vazirligi investitsiyalarni jalb qilish va madaniy turizmni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2022-yildan buyon Oliy Majlis Senati hamda BMT taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi konsultanti lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💼 Yangi tayinlov

“Mikrokreditbank” AT banki boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i bilan Radjabov Azamat Jo‘rayevich “Mikrokreditbank” AT banki Surxondaryo viloyati filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J. Radjabov 1983-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhosiblik hisobi, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili, iqtisodiyot.

Mehnat faoliyati “Mikrokreditbank” AT banki tuman filiali boshqaruvchisi, “Mikrokreditbank” AT banki viloyat mintaqaviy filiali boshlig‘i, “Mikrokreditbank” AT banki boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2023-yildan buyon “Mikrokreditbank” AT banki Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

O‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi, o‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi, ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli o‘rganilganligi qayd etildi.

Tahlil va o‘rganishlar ko‘rsatganidek, odamlar tashvishini ichiga kirmagan, o‘zidan o‘tkazmagan eski tizim tubdan o‘zgarishi kerakligi va bu murakkab, kompleks jarayon ekanligi ta’kidlandi.
〰️〰️〰️

Sohada 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilangani ko‘rsatib o‘tildi.

Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani, ular ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati zamon talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi odamlarni hayotga ilhomlantiradigan, rag‘bat uyg‘otadigan ta’sirchan kontent, she’r, qo‘shiq, film va boshqa badiiy asarlar yaratilmayotganligi aytib o‘tildi.
〰️〰️〰️

Sohada har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi
〰️〰️〰️

Sohada raqamlashtirish hisobiga, o‘rnidan tura olmaydigan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 2 ming kishiga yordam ko‘rsatilganligi qayd etildi.

Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabarligi, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayotganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi orqali taqdim etiladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:

ehtiyojmand toifani belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqiladi;

qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi;

har bir muhtoj fuqaro bo‘yicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi yaratiladi.

Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha yagona savolnoma joriy qilinadi.
〰️〰️〰️

Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi

Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.

Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolg‘iz deb e’tirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlar 1-oktyabrdan “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtiriladi

Bunda, eng avvalo, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi.

Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shug‘ullanishi belgilandi.
〰️〰️〰️

Sog‘lig‘i, hayoti xavf ostida bo‘lgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramog‘iga olish bo‘yicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi.
〰️〰️〰️

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etiladi.
〰️〰️〰️

Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
〰️〰️〰️

Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi, tazyiqqa uchragan ayollar reestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinshi belgilandi.

Har bir tuman shifoxonasida zo‘ravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi. Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi kompleksi mutasaddilari, sholichilik klasteri va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida yangi yerlarni o‘zlashtirish, sholichilikni rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi kundagi holatini muhokama qildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1890

#Surxondaryo #sholichilik #taqdimot #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilgan “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvidagi chiqishidan

Ko'rsatuvni quyidagi havola orqali takroran tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtube.com/live

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter