Yangi yil sovg‘asi: Boysun tumanida 150 o‘rinli bog‘cha foydalanishga topshirildi
Boysun tumani “Obi” mahallasida 5,2 mlrd so‘mlik loyiha evaziga 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi yil bayrami arafasida boysunliklar uchun bayram sovg‘asi bo‘lgan mazkur bog‘chada bolajonlarimizning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Mahalladagi 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishi kutilayotgan mazkur bog‘chada shu yerlik 40 nafar aholining bandligi ta’minlanadi.
Kuni-kecha bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida tuman mutasaddilari, nuroniylar va tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etishdi. Bog‘chada yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan mehmonlar bolajonlar uchun yangi yil bayrami sovg‘alarini ham topshirishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

December 31, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yil voqeasi
Surxondaryoda «To‘palang» suv omboridan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi va Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tumanlariga markazlashgan ichimlik suvi yetib bordi.

Yangi yil bayramida xizmat burchini bajarayotgan xodimlarga sovg‘alar topshirildi
Bayramni o‘z xonadonimizda, oilamiz davrasida nishonlayotgan paytda bizning tinchligimiz va xavfsizligimiz uchun xizmat qilayotgan organ xodimlari o‘z vazifalarini davom ettirishmoqda.
Xususan, bugun jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlayotgan Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar kabi organlar xodimlariga bayram sovg‘alari topshirildi.
Bayram kunlari o‘z faoliyatini davom ettirayotgan barcha soha vakillarini Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz hamda ularga minnatdorchilik bildiramiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bayramni o‘z xonadonimizda, oilamiz davrasida nishonlayotgan paytda bizning tinchligimiz va xavfsizligimiz uchun xizmat qilayotgan organ xodimlari o‘z vazifalarini davom ettirishmoqda.
Xususan, bugun jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlayotgan Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar kabi organlar xodimlariga bayram sovg‘alari topshirildi.
Bayram kunlari o‘z faoliyatini davom ettirayotgan barcha soha vakillarini Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz hamda ularga minnatdorchilik bildiramiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
December 31, 2023
Bemor bolalar va ayollarga yangi yil sovg‘alari
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va viloyat onkologiya dispanserida bo‘lib, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bolajonlar hamda ayollar holidan xabar oldi.
Zamonaviy usulda jihozlanib, bolajonlarning salomatligini muhofaza qilish uchun barcha qulaylikka ega bo‘lgan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida 230 dan ortiq o‘g‘il-qiz yangi yilni kutib olmoqda. Tubdan rekonstruksiya qilingan viloyat onkologiya dispanserida 40 nafar bemor davolanayotir.
Batafsil: https://uza.uz/posts/553539

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli vohadoshlar!
Viloyatimiz, xalqimiz uchun yutuqlarga, quvonchli kunlarga boy bo‘lgan 2023-yil yakuni va orziqib kutilayotgan 2024-yil ostonasida barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, to‘kin hayot, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Yangi yilda ham xonadoningizdan fayz-baraka, shodlik, tinchlik va xotirjamlik arimasin!
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Cheksiz hurmat va ehtirom bilan,
Ulug‘bek Qosimov, Surxondaryo viloyati hokimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
December 31, 2023
2024-yil — «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqiga yo‘llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.