Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, Hazarbog‘ politexnikumida biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda "dual ta’lim" tizimini samarali yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida mas’ullar viloyatdagi 10 ta politexnikumda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘ topish topshirig‘i ijrosi yuzasidan axborot berdi. Ishlarni jadallashtirish, qo‘shimcha manbalarni ishga solish yuzasidan vazifalar topshirildi.
Shundan so‘ng, "Lolazor" mahallasidagi 84-sonli maktabda sport zal qurilishi ko‘zdan kechirilib, viloyatdagi eng past ko‘rsatkichli 30 ta maktabda ta’lim sifatini yaxshilash, pedagogik ko‘mak ko‘rsatish borasida biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining axborotlari tinglandi.
Keyingi manzilda "Sanoatchilik" mahallasida onlayn formatda viloyatdagi 724 ta mahallaning yer maydoni mavjud bo‘lgan xonadonlarida 10 tupdan xurmo, limon, anjir kabi mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha katta hashar tadbirlariga start berildi. Hashar doirasida barcha mahallada ko‘chat ekish ishlarini 10 kun muddatda yakunlash vazifasi belgilandi.
Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga start berdi hamda karyera markazi ochilishida ishtirok etdi. Markazda kasb-hunar hamda ingliz, nemis, yapon, koreys, xitoy, turk va rus tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, yashil mahallaga aylantirilayotgan "Quyoshli yurt" mahallasida xonadonlarda geokollektor va quyosh panellari o‘rnatish hamda daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan ham tanishildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠 Oilaviy bolalar uylari – yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila tarbiyasida mehr-muruvvat bilan voyaga yetkazadigan maskanga aylandi
Prezidentimiz tashabbusi bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilalarda tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan tizimning samarasi Angor tumani "Yangi turmush" mahallasida 10 nafar bolani oila tarbiyasiga olgan 1-sonli "Oilaviy bolalar uyi" faoliyati misolida.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz tashabbusi bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilalarda tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan tizimning samarasi Angor tumani "Yangi turmush" mahallasida 10 nafar bolani oila tarbiyasiga olgan 1-sonli "Oilaviy bolalar uyi" faoliyati misolida.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi Sariosiyo tumanida davom etdi. Tumanning "Yangi O‘zbekiston" massivida turar joylar hamda tadbirkorlik obyektlari qurilishi, infratuzilmani yaxshilash, "yashil" hududlarni yaratish, daraxt ko‘chatlari ekish ishlari to‘g‘risida mas’ullarning axborotlari tinglandi. Hudud ko‘zdan kechirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Uzun tumanida bo‘lib, 2-son politexnikumi negizida kasb-hunarga o‘qitishga ixtisoslashgan zamonaviy ustaxona qurish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu yerda ish beruvchilarning takliflari hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Loyihani takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Keyingi manzilda tumandagi bo‘sh turgan obyektda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha takliflari bilan tanishildi. Hudud imkoniyatlari hamda bozor talablaridan kelib chiqqan holda eksportbop sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish lozimligi qayd etildi. Mas’ullarga maydonning kengligini inobatga olib, qo‘shimcha loyihalarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumanida ko‘p qavatli turar joylar majmualarini qurish loyiha takliflari bilan tanishildi. Loyihalarni shaharsozlik normalari asosida ishlab chiqish, turar joylar qurilishidan avval infratuzilmani yaratish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

📹 Kecha viloyat hokimi Denovda ijtimoiy soha va Sariosiyoda qurilish loyihalari hamda Uzunda yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🔄Surxondaryo viloyati tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo'lgan davlatlar
📈Surxondaryo viloyati jahonning 70 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi:
🇷🇺 Rossiya (24,9 %);
🇵🇰Pokiston (15,6 %);
🇦🇫Аfg‘oniston (13,8 %);
🇨🇳Xitoy (12,6 %);
🇹🇷Turkiya (12,2 %);
🇰🇿Qozogʻiston (6,3 %);
🇩🇪Germaniya (3,3 %);
🇹🇯Tojikiston (1,5 %);
🇮🇷Eron (1,2 %);
🇮🇳Hindiston (1,1 %) qayd etilgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📈Surxondaryo viloyati jahonning 70 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi:
🇷🇺 Rossiya (24,9 %);
🇵🇰Pokiston (15,6 %);
🇦🇫Аfg‘oniston (13,8 %);
🇨🇳Xitoy (12,6 %);
🇹🇷Turkiya (12,2 %);
🇰🇿Qozogʻiston (6,3 %);
🇩🇪Germaniya (3,3 %);
🇹🇯Tojikiston (1,5 %);
🇮🇷Eron (1,2 %);
🇮🇳Hindiston (1,1 %) qayd etilgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi Prezidentimiz xotirasi yod etildi
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
UzA | Institutda zamonaviy karera markazi ish boshladi
Surxondaryo viloyatidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 28 ta ta’lim yo‘nalishi, 15 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 8 mingdan ortiq talaba ta’lim olib, o‘zlari tanlagan soha sirlarini chuqur o‘rganmoqda.
Oliy ta’lim muassasasining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejasida tashkil etilishi belgilangan zamonaviy karera markazi talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtida mustaqil ta’lim olishi, hunar o‘rganishi, o‘z bilimi, qobiliyat va iqtidorini tijoratlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Buning uchun pazandachilik, tikuvchilik-bichuvchilik sexlari, erkaklar sartaroshxonasi, go‘zallik saloni, amaliy san’at to‘garagi, koreys, yapon, xitoy, nemis, turk, ingliz, italyan va rus tillarini o‘rgatuvchi o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur kasb va tillarni o‘rganuvchilarga o‘z sohasining tajribali mutaxassislari saboq beradi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/682940

📢 Vohamiz aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 30-yanvar kuni soat 19:00dan boshlab, Surxondaryo telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvida viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi, "Surxon dori-darmon" MChJ, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ularning shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, mazkur sohalarga aloqador masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
✈️Telegram:
(99) 482-00-77
📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish maqsadida boshqarma, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ochiq muloqot o‘tkazish rejasi"ga asosan amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va tadbirkorlik tashabbuslari bilan tanishdi. Dastlab, "Nova Pharm" MCHJ qo‘shma korxonasida dori vositalari ishlab chiqarish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan tibbiyot klasteri tashkil etish tashabbusi taqdimot qilindi.
Shundan so‘ng, xorijiy grand mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishildi. Markaz tadbirkorlar tayyorlash, xorijiy kompaniyalar bilan tanishtirish, chet eldan jihozlar keltirishda ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lsada, bular to‘liq bajarilmayotganligi qayd etildi. Mutasaddilarga imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish, keyingi haftada tadbirkorlar uchun markazning xorijlik mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etish topshirildi.
Shuningdek, hududdagi tadbirkorlar faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Keyingi manzilda Termiz shahri mahallalaridagi hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi hamda moslashtirilgan birinchi qavatlarda xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini tashkil etish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalari belgilandi.