Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.7K photos
3.7K videos
3 files
15.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
👍193👏3🕊2🔥1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, bozorlar va savdo komplekslari hamda saylgoh qurilishi, yangi tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi faoliyati, mikro GES va ko‘prik qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Denov tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasida yaratilgan sharoitlar va yangidan keltirilgan zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar yordamida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishilib, birlashma hududida DXSH asosida barpo etilayotgan diagnostika markazi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2315

#Surxondaryo #savdokompleks #loyihalar #taqdimot #kooperatsiya #mikroGES #tibbiyot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍225🕊2👎1👏1🎉1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan 239 nafar fuqaroning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi ommaviy onlayn qabulini o‘tkazdi.

Denov tumani hokimligida tashkil etilgan onlayn qabulda Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish, qurish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot va ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi 279 ta murojaati mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Murojaatlar ijrosi muddat belgilanib, mas'ullarga hal etish topshirig'i bilan yo‘naltirildi. Shuningdek, ishga joylashish masalasida murojaat qilgan 60 nafar fuqaro sektor rahbarlariga shaxsan biriktirilib, masalani hal etish vazifasi yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, vohadoshlarimiz quyidagi havolalar orqali bevosita viloyat hokimiga murojaat yo‘llashlari mumkin:

Telegram guruh:
https://t.iss.one/qosimovgamurojaat

Telegram bot: @surxondaryouz_bot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍284🙏2🔥1🕊1