Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida qandolatchilik sexi, xotin-qizlar uchun tashkil etilgan sport zal, hunarmandchilik markazi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari, shuningdek, "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" markazi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, 7 ta tumanda "Yoshlar va turizm" ko‘chasini tashkil etish ishlarining borishi va kelgusidagi rejalar hamda erishiladigan natijalar yuzasidan mutasaddilarning taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2313

#Surxondaryo #xotinqizlarbandligi #sportzal #Yoshlarturizm

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, aholining tomorqadan samarali foydalanish va energiya tejamkor uskunalarni joriy etish ishlari, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, "yashil" energiya ishlab chiqarish loyihasi qurilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, "Yil ayoli" milliy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati IIB xodimiga viloyat hokimligi sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2314

#Surxondaryo #issiqxona #bandlik #GES #korxona #Yilayoli #taqdirlash

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Surxondaryo viloyatida investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish va tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Isroil Adhamov rahbarligida shahar va tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks tashkilotlari mutasaddilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda investitsiya va eksport sohasidagi mavjud ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Viloyatning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalangan holda xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qulay iqtisodiy muhit yaratish chora-tadbirlari belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqotda loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalari, yangi tashabbus va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalar topshirildi.

Yig‘ilish davomida iqtisodiy kompleks tashkilotlari mas’ul rahbarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarining hisobotlari tinglanib, belgilangan rejalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Ushbu chora-tadbirlar viloyat iqtisodiyotining yanada rivojlanishi, aholi farovonligining oshishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X