Surxondaryo viloyati hokimligi
24.3K subscribers
33.6K photos
3.34K videos
1 file
14.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligi tanqid qilindi

Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihani ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama o‘tkazadi.


Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu o‘zini oqlagani ta’kidlandi.

Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi.

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi.

Loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.

Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi.

Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
“Tashabbusli budjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:

1️⃣ moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;

2️⃣ “Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Kattabog‘ va Bog‘ishamol mahallalarida Termiz shahrining bosh rejasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mazkur hududlarda turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarini qurish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Viloyat rahbari har bir loyiha shahar bosh rejasi va aholi ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishi, turar joylar va boshqa obyektlarni aholining demografik o‘sishini hisobga olgan holda barpo etish, avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish orqali tirbandliklarni bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, infratuzilmani yanada rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish topshiriqlari berildi. Mutasaddilarga loyiha takliflarini bir hafta muddatda puxta ishlab chiqib, taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Startup Garage endi Termizda!

🗓 Ertaga, 18-yanvar kuni soat 10:00da Startup Garage'ning Surxondaryo viloyati Termiz filialining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Marosim dasturidan:
🔘Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va ko'rsatiladigan xizmatlar taqdimoti;
🔘AloqaVentures vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari bo'yicha ma'lumotlar;
🔘Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi;
🔘Startup Garage rezidenti bo'lishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi;
🔘Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking o‘rin olgan.

🔗Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://startupgarage.uz/surxondaryo

🔗Startap loyihangiz bilan qatnashmoqchimisiz ariza topshiring: https://startupgarage.uz/apply

📍Manzil: Surxondaryo IT Park filiali, Termiz shahri, Al-Hakim at-Termiziy koʻchasi, 28V.

📍Geolokatsiya

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida qandolatchilik sexi, xotin-qizlar uchun tashkil etilgan sport zal, hunarmandchilik markazi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari, shuningdek, "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" markazi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, 7 ta tumanda "Yoshlar va turizm" ko‘chasini tashkil etish ishlarining borishi va kelgusidagi rejalar hamda erishiladigan natijalar yuzasidan mutasaddilarning taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2313

#Surxondaryo #xotinqizlarbandligi #sportzal #Yoshlarturizm

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, aholining tomorqadan samarali foydalanish va energiya tejamkor uskunalarni joriy etish ishlari, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, "yashil" energiya ishlab chiqarish loyihasi qurilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, "Yil ayoli" milliy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati IIB xodimiga viloyat hokimligi sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2314

#Surxondaryo #issiqxona #bandlik #GES #korxona #Yilayoli #taqdirlash

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X