Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.3K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
“Talabalikka bagʻishlov” tantanali tadbiri oʻtkazildi

Termiz shahrida joylashgan “San’at saroyi” majmuasida 2024/2025-oʻquv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri o’tkazildi. Tadbirda institut mutasaddilari, 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlar tantanali ravishda qasamyod qilishdi hamda institut rektoridan talabalik guvohnomasi va "Bilimlar kaliti" ni qabul qilib olishdi.

Shuningdek, "Yilning eng faol talabasi - 2024" tanlovining institut bosqichi g'oliblariga sertifikat va pul mukofotlari vaucherlari topshirildi. Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Surxondaryo viloyati boʻlinmasi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍252👏2😐1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, Gulobod mahallasidagi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, uy xo‘jaliklarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2301

#Surxondaryo #Kambagallikniqisqartirish #bandlik #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍343👏3🔥2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Muzrabot kambag‘allikni qisqartirishda namunali hududga aylanmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍40👎83🔥3👏3🙏2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, "Ko‘hitang" hududida "Surxon gold OURS" MCHJ tomonidan 760 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va foydalanishga kiritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yangidan o‘zlashtirilayotgan mazkur yer maydonida tomchilatib va pivot tizimida sug‘orish orqali 500 gektarida g‘alla, 100 gektarida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish hamda 100 gektar maydonda bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun hududda 6 ming kub metr hajmli suv havzasi barpo etiladi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Boyqishloq mahallasida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Hudud bo‘ylab o‘rganish davomida ariq va zovurlar tozalanmaganligi, ko‘chalar tartibga keltirilmaganligi tanqid qilindi. Mahalla "yettiligi" va tuman mutasaddilariga bir hafta muddatda obodonlashtirish ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍485👏32👎1🔥1🕊1😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog’i qabul qilingan kun!!!

1991-yil 18-noyabr — O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz!

O’zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo’lsin, bayrog’imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🎉3🔥2👏2