Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.3K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz va Muzrabot tumanlarida korxonalar faoliyati bilan tanishildi hamda eksport masalalari muhokama qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍14👏31
✔️ Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov natijalari ma’lum qilindi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlariga saylov natijalari e’lon qilindi.

Saylovda viloyat hududidagi 865 ta saylov uchastkalari orqali 1 mln 70 ming 645 nafar saylovchi ishtirok etgani, bu saylovchilar umumiy sonining 74,2 foizini tashkil etgani qayd etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 6 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 50 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 370 nafar, jami 426 nafar deputat saylandi.

Jumladan, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga:
🔵 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 20 nafar;
⚪️ O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 12 nafar;
🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 9 nafar;
🔴 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 4 nafar;
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 5 nafar deputat saylandi.

Saylangan 50 nafar deputatning 17 nafari (34 foizi) xotin-qizlardir.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, matbuotda e’lon qilinishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40👏3🎉2🕊2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrifi davomida “Gold agro fresh” MChJning issiqxonalar kompleksi, "SHAXRUZ BUILDINGS" MChJning parrandanchilik kompleksi, “Surxondaryo qurilish montaj” MChJning temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda “Generous south” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2287

#Surxondaryo #loyihalar #eksport #investitsiya #issiqxona #parrandachilik #temirbeton #un

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍23👏311🕊1
Ta’ziya

O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.

Ahmad Narzulloyev ibratli umr kechirdi. U hayoti va mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashda, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, fermerlik faoliyatini rivojlantirishda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Ahmad Narzulloyevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🙏65😢30👍16🕊3😐32
⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ikki hududda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 1-noyabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Termiz tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha;

🟠Termiz shahrida soat 12:35 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o'tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👎3🔥2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥
Fakt 24 | Bulg‘or qalampiridan mavsumda 100 million so‘mgacha daromad

Termiz tumani "Muhiddin Eshtemirov" mahallasida yashovchi oila 15 sotix tomorqasidagi issiqxonada bulg'or qalampiri yetishtirib, mavsumda 100 mln so'mgacha daromad topmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🕊3👏21🔥1
🇺🇿 Davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha aholining fikr va takliflarini o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazilmoqda

Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🟠 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤝1
Surxondaryo viloyat fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining MUROJAATI

Dono xalqimizda, “Umringdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek”, degan purhikmat naql bor. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lmish daraxt ekish, bog‘u gulzorlar yaratish borasidagi go‘zal odatlarimiz bugungi kunda yangi ma’no-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

Murajaatning to'liq matni: https://surxondaryo.uz/blog/2288

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍19👏32🤝1
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi og‘ir judolikka uchradi. Butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xo‘jaligi rivojiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev shu yil 1-noyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

A.Narzullayev 1956-yili Denov tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini tumandagi “Surxonoziqovqatsanoati” aksiyadorlik jamiyatida boshladi. Keyinchalik Toshkent politexnika institutini tamomlab, “Sharg‘un” g‘isht zavodida, Denov tumanidagi 37-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna va eksperimental ishlab chiqarish birlashmasida turli vazifalarda ishladi. 1991-yildan “Lochin” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida fidokorona mehnat qildi.

A.Narzullaev 50 yildan ziyod davom etgan ish faoliyati mobaynida boy bilim va hayotiy tajribasini, kuch-g‘ayratini el-yurt ishiga bag‘ishladi. O‘zini yer ilmining haqiqiy bilimdoni, zamonaviy agrotexnologiyalar va xo‘jalik yuritish usullarini puxta egallagan tashkilotchi rahbar, mehnatsevar, kamtarin va vatanparvar inson sifatida namoyon etib, respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, fermerlik harakatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.

U ko‘p yillar Surxondaryo viloyati va Denov tumani xalq deputatlari kengashlarining a’zosi sifatida ushbu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va yuksaltirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ta’lim, tibbiyot, madaniyat maskanlari qurish va obod qilish, yangi bog‘ va xiyobonlar barpo etish, yoshlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatdi.

Tajribali fermer o‘nlab iqtidorli shogirdlar tayyorlab, qishloq xo‘jaligi sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida ham ibrat namunasini ko‘rsatdi.

Ahmad Narzullaevning ko‘p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasining yetuk namoyandasi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Ahmad Narzullayevning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, S.Turdiyev, U.Qosimov

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍53🙏9🕊6👏3