Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.3K photos
3.67K videos
3 files
15.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan uchta tumanda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida uchta tumanda joylashgan AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 31-oktabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Qiziriq tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

🟠Sho'rchi tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

🟠Oltinsoy tumanida soat 13:00 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🙏21🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oltinsoyda ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarining faoliyati hamda mavjud sharoitlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍9👏1🕊1
📈 Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

🪙 Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 13 344,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich viloyat iqtisodiyoti rivojlanayotganini va aholi farovonligining oshayotganini ko‘rsatadi.

📊Ushbu o‘sish, shuningdek, viloyatdagi turli sohalarda amalga oshirilayotgan investitsiyalar va iqtisodiy islohotlar natijasida yuzaga kelgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmining oshishi, viloyatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va aholi turmush darajasini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163👏1
🖼 Sina turizm qishlog‘ida o‘tkaziladigan press-turga marhamat

🏢 Tashkilotchilar: Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari

Maqsad: Sina mahallasiga turizm qishlogʻi maqomi berilishi munosabati bilan bu yerda joylashgan qadamjolar, oilaviy mehmon uylari faoliyati hamda milliy taomlar sayli bilan tanishtirish

🟠Manzil: Denov tumani Sina mahallasi

✏️ Vaqti: Ertaga, 1-noyabr kuni, soat 14:00 dan 19:00 gacha.

🚌 Termiz shahridan avtobus Matbuot uyi oldidan, ertaga soat 9:00da joʻnaydi (“Barkamol avlod” koʻchasi 30-uy).

😄 Barcha jurnalistlar va blogerlarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏2🎉21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz va Muzrabot tumanlarida korxonalar faoliyati bilan tanishildi hamda eksport masalalari muhokama qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍14👏31
✔️ Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov natijalari ma’lum qilindi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlariga saylov natijalari e’lon qilindi.

Saylovda viloyat hududidagi 865 ta saylov uchastkalari orqali 1 mln 70 ming 645 nafar saylovchi ishtirok etgani, bu saylovchilar umumiy sonining 74,2 foizini tashkil etgani qayd etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 6 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 50 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 370 nafar, jami 426 nafar deputat saylandi.

Jumladan, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga:
🔵 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 20 nafar;
⚪️ O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 12 nafar;
🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 9 nafar;
🔴 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 4 nafar;
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 5 nafar deputat saylandi.

Saylangan 50 nafar deputatning 17 nafari (34 foizi) xotin-qizlardir.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, matbuotda e’lon qilinishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40👏3🎉2🕊2
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrifi davomida “Gold agro fresh” MChJning issiqxonalar kompleksi, "SHAXRUZ BUILDINGS" MChJning parrandanchilik kompleksi, “Surxondaryo qurilish montaj” MChJning temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda “Generous south” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2287

#Surxondaryo #loyihalar #eksport #investitsiya #issiqxona #parrandachilik #temirbeton #un

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍23👏311🕊1
Ta’ziya

O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.

Ahmad Narzulloyev ibratli umr kechirdi. U hayoti va mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashda, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, fermerlik faoliyatini rivojlantirishda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Ahmad Narzulloyevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🙏65😢30👍16🕊3😐32
⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ikki hududda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 1-noyabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Termiz tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha;

🟠Termiz shahrida soat 12:35 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o'tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👎3🔥2🙏1