Surxondaryo viloyati hokimligi
24.5K subscribers
32.7K photos
3.26K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumanida kuzgi shudgorlash ishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda vohamizning boshqa tumanlari videokonfrensaloqa shaklida ishtirok etdi.

Tadbirda 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini qisqa muddatlarda tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, xar bir tumanda “Shudgor-2025” shtabini tashkil qilish, texnikalarni shay holatga keltirish, shudgorlash ishlarini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan olib borish hamda yerni sifatli haydalishini ta’minlash, bunda mas’ullar tomonidan amaliy ko‘maklar ko‘rsatish yuzasidan aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.

Shuningdek, shudgorlash ishlari uchun tashkil etilgan otryadlarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda maxsus kiyim-boshlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Befarq bo‘lmang! O‘z kelajagingizni o‘zingiz tanlang! Ovoz bering!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi namunali madaniyat markazi ochilishida ishtirok etdi. Tadbirda Bandixon, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Denov va Termiz tumanlaridagi namunali madaniyat markazlarining ochilishi ham videokonfrensaloqa orqali o‘tkazildi.

Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi”ning sharoitlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2274

#Surxondaryo #madaniyatmarkaz #BMTTD #Yoshlarmarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Xonadonidagi mavjud imkoniyatdan foydalanib, daromadli bo‘layotgan oila

Qumqo‘rg‘on tumani Azlarsoy mahallasida yashovchi Komila Aynabayeva xonadonida biogumus yetishtirish, chorvachilik va parrandachilikni yo‘lga qo‘yib, oilaviy daromadlarini oshirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🔇Ertaga "Sukunat" kuni

🕐Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarlar uchun belgilangan saylovoldi tashviqotning oxirgi kuni.

Saylov kuni 27-oktabr va ovoz berishga bir kun qolganida 26-oktabr kunlari saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

💬 Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ulug‘bek Qosimov talabalarga – ko‘chalarimiz, maktablarimiz va uylarimizda zamonaviy sharoitlar bo‘lishi uchun bugun o‘qishimiz, ilm olishimiz kerak!

Viloyati hokimi Jarqo‘rg‘onda shudgorlash bo'yicha seminarda, Termiz shahrida “Namunali madaniyat markazi” ochilishida ishtirok etdi hamda Termiz davlat universitetida BMT taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yoshlar markazi” sharoitlari bilan tanishdi. Shuningdek, talabalar bilan muloqot qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🔝 Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Bekovich Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

B.Babadjanov tayinlovga qadar, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda B.Babadjanov jamoatchilikka tanishtirildi.

Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi xodimlari, shahar va tumanlar prokurorlari, boshqarma hamda tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, nuroniylar va faollar ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM