Surxondaryodagi 130 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir tuman, shaharlardan eng namunali 3 tadan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tanlab olib, “Sog‘lom zurriyot” shiori ostida gimnastika xonalarini tashkil etish va bog‘cha yoshidagi bolalar gimnastika bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan hududlardagi 130 maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning gimnastika bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bunda mahoratli trenerlar tomonidan bolajonlarga badiiy gimnastikaning sir-asrorlari o‘rgatib borilmoqda. Vohamizdagi qolgan bog‘chalarda ham bosqichma-bosqich gimnastika to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, oilaviy shifokorlik punkti, umumta’lim maktablari va bog‘cha hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, mahalla binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2271
#Surxondaryo #maktab #tibbiyot #bogcha #mahalla
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2271
#Surxondaryo #maktab #tibbiyot #bogcha #mahalla
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Jarqo‘rg‘onda maktab, bog‘cha, tibbiyot va mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#sarhisob
Surxondaryoda 9 oyda yalpi hududiy mahsulot hajmi 38,7 trln so‘mga yetdi
📊 Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha joriy yilning 9 oyi davomida erishilgan natijalarga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot hajmi 106,2 foizga o‘sib, 38,7 trln so‘mga yetdi.
Jumladan:
🛢 sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,8 trln so‘mni (108,8 foiz);
🍚 xizmatlar hajmi 19,6 trln so‘mni (110,2 foiz);
⛽️ qurilish ishlari hajmi 8,5 trln so‘mni (109,6 foiz);
🍉 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26,8 trln so‘mni (103,8 foiz) tashkil etdi.
📈 2024-yil yakunida yalpi hududiy mahsulot hajmi 48,4 trln so‘mga, o‘sish 106,1 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 111 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 104,8 foizga, qurilish-pudrat ishlari hajmini 108,5 foizga, xizmatlar hajmini so‘mga 117 foizga o‘sishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda 9 oyda yalpi hududiy mahsulot hajmi 38,7 trln so‘mga yetdi
Jumladan:
Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 111 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 104,8 foizga, qurilish-pudrat ishlari hajmini 108,5 foizga, xizmatlar hajmini so‘mga 117 foizga o‘sishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, "Airitom free zone", O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda Uzkimyosanoat uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Yarmarka quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
➖qishloq xo‘jaligi;
➖meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
➖kimyo sanoati;
➖charm-poyabzal va to‘qimachilik;
➖qurilish materiallari;
➖oziq-ovqat sanoati.
Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:
☎️ +9976-228-01-90 (2026).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
Surxondaryoda 64,1 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi
⛽️ Vohamizda joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 190,1 km ichimlik suv tarmog‘i va 4 ta suv inshooti qurildi. Shuningdek, 96 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 14 km ichimlik suvi va 4,7 km oqova suv tarmog‘i qurildi hamda rekonstruksiya qilindi. Sariosiyo tumanida 200 ming m³ ichimlik suv tozalash inshooti qurilishi to‘liq yakunlandi.
🚰 Megaloyiha hisoblangan “To‘palang” suv omboridan viloyatning 11 ta hududiga ichimlik suvi tarmog'i qurish loyihasi doirasida Denov, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlaridagi 141,9 ming nafar aholi toza suv bilan ta'minlandi.
📈 Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 52,7 km ichimlik suv quvurlari va 28 ta nasos uskunalari profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 64,1 foizdan 64,7 foizga yetkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda 64,1 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan, ayni vaqtda vohamizda bo‘lib turgan YeXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengelni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyatimiz rahbari xalqaro kuzatuvchilarni vohamizga tashrifi bilan qutlab, so‘ngi yillarda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, YeXHT bilan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtaldi.
Mehmonlar davom etayotgan tashriflari davomida, saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, yuqori saviyada hozirlik ko‘rilayotganligini, so‘nggi yillarda saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘planganini qayd etishdi.

Axborot 24 | Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi
Termiz tumanida joylashgan "Termiz xalqaro savdo markazi"da tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.