Surxondaryo viloyati hokimligi
23.6K subscribers
37.7K photos
3.7K videos
3 files
15.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolarining “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi, harbiy prokuratura va boshqa tashkilotlar vakillari, Termiz shahridagi Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan harakat a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mamlakat mudofaasidagi mas’uliyatini anglashlarini ta’minlash va harbiy xizmatga qiziqish uyg‘otishdir.

Marosim davomida yoshlarga “Vatan tayanchi” otryadining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu nishonlar yoshlarning harbiy tayyorgarlikdagi faol ishtiroklari, vatanparvarlik harakatlariga qo‘shilganligi va o‘zlarining Vatanga sodiq ekanliklarini ifodalaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍24👏4🕊3🎉2
🖼 Denovda milliy taomlar sayli va Sina turizm qishlog‘ining ochilishi bo‘lib o‘tadi

Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan 2024-yil 1-noyabr kuni Denov tumani “Sina” mahallasida milliy taomlar sayli hamda turizm qishlog‘ining ochilishi tadbirlari o‘tkaziladi.

Ushbu saylda viloyatimiz shahar va tumanlarining milliy uslubda bezatilgan pavilonlari tashkil etilib, hududlarning o‘ziga xos tansiq taomlari ko‘rgazmasi, ularni tayyorlash bilan bog‘liq uslublari, udum va an’analar namoyish etiladi.

☀️ Sayl davomida folklor etnografik jamoalar, milliy cholg‘u guruhlari va yosh san’atkorlarning chiqishlari, an’anaviy xalq o‘yinlari musobaqalari o‘tkaziladi.

🟠 Sayl yakunida “Eng yaxshi taom”, “Eng yaxshi oshpaz” va “Eng ko‘p milliy taom tayyorlagan oshpaz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar saralanib, diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥5🎉2🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi

Mazkur xizmatdan foydalangan holda o‘z saylov uchastkangizni aniqlang va o‘z fuqarolik huquqlaringizdan foydalangan holda joriy yil 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan saylovda faol ishtirok eting.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🕊2🤝2
Surxondaryodagi 130 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir tuman, shaharlardan eng namunali 3 tadan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tanlab olib, “Sog‘lom zurriyot” shiori ostida gimnastika xonalarini tashkil etish va bog‘cha yoshidagi bolalar gimnastika bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish dasturlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan hududlardagi 130 maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning gimnastika bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Bunda mahoratli trenerlar tomonidan bolajonlarga badiiy gimnastikaning sir-asrorlari o‘rgatib borilmoqda. Vohamizdagi qolgan bog‘chalarda ham bosqichma-bosqich gimnastika to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍18👏7🔥1🎉1🕊1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, oilaviy shifokorlik punkti, umumta’lim maktablari va bog‘cha hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, mahalla binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2271

#Surxondaryo #maktab #tibbiyot #bogcha #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍213👏2🔥1🕊1