Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.6K photos
3.25K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termizda qo‘g‘irchoq teatri faoliyati, Sherobodda turizm ko‘chasi va Boysunda madaniyat markazi qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termizda 17-18-oktabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi

Anjumanda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

Xalqaro anjumanning birinchi kunida Imom Termiziy va Hakim Termiziyning hayoti, ilmiy merosi, ularning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni, Imom Termiziyning “Sunan” nomli asarining o‘ziga xos jihatlari, Termiziy allomalar ilmiy merosi hamda ularning hozirgi kundagi ahamiyati singari mavzularda qiziqarli ma’ruzalar tinglanib, muhokama etiladi.

Ikkinchi kun anjuman ishtirokchilarining Imom Termiziy va Hakim Termiziy majmualariga, Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor qadamjolariga tashrifi ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Termiz shahri aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 12-oktabr kuni soat 18:40dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Termiz shahri to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Viloyat hokimi Sariosiyo tumanida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati hamda ularda yaratilgan  ish o‘rinlari bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida ko‘chatchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xonadonlar, mebel va gilam yuvish hamda kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmati, tikuvchilik sexi, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2257

#Surxondaryo #xonadonlar #tadbirkorlik #xizmatkorsatish #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Sho‘rchi tumanida davom ettirib, Kushon mahallasida zamonaviy savdo kompleksi hamda sayyohlik markazi, baliqchilik va ekoturizm maskani tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Umumiy qiymati 10 mlrd so‘mlik savdo kompleksi va 27,6 mlrd so‘mlik turizm loyihasining ishga tushirilishi natijasida 95 ta yangi ish o‘rni, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma yaxshilanishi uchun zamin yaratilishi maqsad qilingan.

Shundan so‘ng, Oqkamar mahallasida “New story turk” MChJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli yangi turar joy kompleksi bilan tanishildi. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarning hal etilishida zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Tashrif so‘ngida “Inter agro fish” xususiy korxonasi tomonidan “Go‘zallik” suv havzasida baliqchilikni rivojlantirish va ekoturizm maskani tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 6 mlrd so‘m bo‘lib, yil yakuniga qadar ishga tushirish va 30 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlarida loyihalar taqdimoti, korxonalar faoliyati hamda turar joylar qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X