Surxondaryo viloyati hokimligi
24K subscribers
36.3K photos
3.56K videos
3 files
15.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida “Yoshlar va turizm ko‘chasi”, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi hamda avtoturargoh va do‘konlar majmuasini qurish loyihalari taqdimoti bilan, Qumqo‘rg‘on tumanida maktablar hamda sport klubi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘qituvchilar bilan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga qiziqtirish, ular o‘rtasida mobil telefonlar, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikning oldini olish masalalarida suhbat qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2253

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #maktab #sportklub

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda

Joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YeXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolarining ish faoliyati, matbuot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xususan, xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirish va yuritish, saylov okrugi va saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish va o‘tkazish, saylovda nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Xalqaro kuzatuvchilar so‘nggi yillarda mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘planganini e’tirof etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
☁️ Qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2 ming 500 so‘mdan haq to‘lanadi

Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qo‘l terimi uchun) 1500 so‘mdan kredit mablag‘lari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelinayotgan edi. Bu o‘z navbatida bir muncha qiyinchilik tug‘dirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.

Topshiriqqa muvofiq terimchilarni moddiy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish hamda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan tezroq yig‘ib olish maqsadida bugundan boshlab, respublikamizning barcha hududlarida terimchilarga paxta terim narxi (qo‘l terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2 500 so‘m etib belgilandi.

❗️Bunda ushbu mablag‘ning 2000 so‘mi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan, 500 so‘mi klaster hisobidan ajratilib, dalaning o‘zida terimchilarga tarqatiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi 2-sonli ixtisoslashgan maktabi o‘quvchilarining Termiz tumanida joylashgan “Airitom free zone” erkin savdo zonasiga sayyohati tashkil etildi.

Umumiy maydoni 36 gektarni tashkil etuvchi ushbu hududda yangi qad rostlagan “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, xostel, “Central Asia University” biznes maktabi, logistika, shuningdek, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot klinikasida yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🟠 Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 934 ta yer uchastkalarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling!

📦Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 5 825 ta (ko'rish)
📦Kichik sanoat zonalari uchun 59 ta (ko'rish)
📦Yangi O‘zbekiston massivlari (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun) 23 ta (ko'rish)
📦Turistik zona uchun 6 ta (ko'rish)
📦Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 1 ta (ko'rish)
📦Nodavlat umumta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalari uchun 8 ta (ko'rish)
📦Mikromarkazlar uchun yer uchastkasi 7 ta (ko'rish)
📦Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlar 5 ta (ko'rish)

❗️Mazkur yer uchastkalarini muddatli bo‘lib to‘lashga sotib olish imkoniyati mavjud.

🟠 +99899 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄 | Surxondaryolik va qashqadaryolik jurnalistlar Termizda jam bo‘ldi

Termizda “Saylov-2024: Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollarining saylov jarayonlarini yoritish mas’uliyati” mavzuiga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etadigan anjumanda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ommaviy axborot vositalari vakillari, erkin ijodkorlar, blogerlar ishtirok etmoqda.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/643892

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM