Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.9K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Kuz manzaralari | Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ining “Zevar” bo‘limi xo‘jalik zonasida kuzgi tabiat manzaralari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz va Angor tumanlari tutashgan qismida joylashgan hududi bo‘yida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berdi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, Al-Hakim at-Termiziy majmuasini obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Termiz shahri Manguzar mahallasi hududidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Avtoshohbekat loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.

Tanishuvlar yakunida Termiz shahridagi ikkita mahallada markaziy qozonxonalarni kuz-qish mavsumiga shaylik holati hamda modernizatsiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2252

#Surxondaryo #yashilmakon #qurilish #taqdimot #obodonlashtirish #qozonxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida sektorlar, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy studiyalar orqali shahar va tumanlar mutasaddilari ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli turar joylarda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Viloyat rahbarining ko‘rsatmasi bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri va tumanlardagi maktab, bog‘cha, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ko‘p qavatli turar joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda qator xato va kamchiliklar aniqlanganligi ta’kidladi.

Kommunal va ijtimoiy soha rahbarlari, hududlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Ularga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni har bir maktab, bog‘cha, tibbiyot maskani hamda turar joylar kesimida tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari doimiy ravishda olib borilishi, barcha sohalarda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X