Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ayni damda vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Angor tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Top Quality Brand” MChJning terini qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, tumanning Bahor mahallasida aholi tomorqa xo‘jaliklarida meva-sabzavotlar yetishtirish tajribasi bilan tanishildi. Yerdan unumli foydalanayotgan aholining bu boradagi tajribasi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Tumanga tashrif yakunida delegatsiya a’zolari paxta yetishtirish tajribasi va paxta urug‘chiligi ko‘rgazmasi bilan tanishishdi. Tuman nuroniylari va faollari bilan suhbat qilindi. Vohaning qishloq xo‘jaligida erishayotgan yutuqlarini e’tirof etgan Davlatali Said o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va muntazam tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoning boy turistik salohiyati Tojikistonda namoyish etildi

Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri. Janubdagi vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi sayyoramiz ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi.

Kuni kecha Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo vohasi delegatsiyasi ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarini o‘tkazdi.

Shuningdek, xalqaro turistik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Surxondaryo viloyatida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi 23,3 mingta oila 4 700 dan ortiq mutasaddilarga biriktirildi.

Shuningdek, viloyatda nisbatan kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Muzrabot tumani yangi tizimni amalga oshirishda namunali hudud sifatida tanlab olindi. Bugun tumanning Oriyat mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga start berildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi hamda dasturni sifatli amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, turar-joylar va yo‘llar ta’miri tadbirlari bilan tanishdi.

Dastur doirasida mahallada infatuzilmani yaxshilash, xatlov natijasida aniqlangan 80 ta oilaning turmush farovonligini oshirish, ulardagi a’zolarning 24 nafarini tadbirkorlik loyihalariga jalb qilish, 13 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 44 nafariga dehqonchilik uchun yer ajratish hamda 19 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy xizmatlar va moliyaviy instrumentlarni jalb qilish, 39 ta tadbirkorlik loyihalariga imtiyozli shartlarda kredit ajratish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq Surxondaryoda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ishtirokida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlariga bag‘ishlangan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Dastlab viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadining saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Viloyatdagi energetika va kommunal soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur jarayonlarda aholining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda talofatlarning oldini olish, qutqaruv hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining qutqaruv ishlariga shayligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari Surxondaryo viloyati hududida joylashgan 20 ta energetika va kommunal soha obyektlarining 47 ta o‘quv nuqtasida o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Vatanparvarlar bog‘i” loyihasi taqdimoti bilan tanishib, namunaviy loyiha asosida barpo etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2243

#Surxondaryo #oilalar #uchrashuv #taqdimot #yoshlarvaturizm

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X