Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryoda hududiy trenerlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Termiz shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazuvchi tuman (shahar) hamda okrug saylov komissiyalari a’zolarini o‘qituvchi hududiy trenerlar uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Termiz davlat universitetida uch kun davom etadigan mashg‘ulotlarda hududiy trenerlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, bu yilgi saylov jarayonlaridagi yangilik va o‘zgarishlarni ularga tushuntirish ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimligida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Surxondaryo viloyati komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi, senator Ulug‘bek Qosimov va Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov hamda komissiya a’zolari, aloqador tashkilotlar mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida viloyatda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Mutasaddilar “Xonadonbay” o‘rganish asosida ishsiz, ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Hududlarda qator natijalarga erishish bilan birga, xotin-qizlar bilan ishlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etishda qator kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Komissiya a’zolari va hududlar mas’lullariga xotin-qizlar bilan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi salomatligini asrash va patronaj tibbiy xizmatini yaxshilash borasida “Angor tajribasi” yo‘lga qo‘yilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Angor tumanida yo‘lga qo‘yilayotgan tajriba doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda uning ahamiyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📈 “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi!

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning «ND İmar İnşaat ve Ticaret A.Ş.» kompaniyasi rahbari Nadir Do‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari O‘zbekiston-Turkiya munosabatlariga to‘xtalib, Prezidentlarimizning tashabbus va say-harakatlari bilan hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida mamlakatlarimiz hududlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkam aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidladi. Shuningdek, vohamizda Turkiya bilan hamkorlikda 17 ta qo‘shma va xorijiy korxonalar faoliyat yuritayotganligi, so‘nggi 5 yil mobaynida 58,0 mln dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilganligi qayd etildi.

O‘z navbatida Turkiya kompaniyasi rahbari Surxondaryoda yangi loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanligini ta’kidlab, Surxondaryo viloyatida ikki bosqichli, 2050-yilgacha 10 mln, 2070-yilgacha 20 mln aholi uchun mo‘ljallangan master-rejani taqdimot qildi. Shuningdek, Termiz shahrining master rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish, vohamizdagi xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirib, jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hamda yirik ishlab chiqarish va sanoat zonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda taqdim etilgan loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish, tomonlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda amaliy harakatlarni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy delegatsiyalarning navbatdagi qabulida Xitoy davlatining Markaziy Osiyo Guangdon savdo palatasi direktori Li Tiantao hamda “Pover Uhuru Share Limited” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mehmonlarga O‘zbekiston-Xitoy asosatsiyasi direktori Baxtiyor Muhammadiev hamrohlik qildi.

Uchrashuvda hukumat va korxonalar o‘rtasida almashinuvlar, xususan, Guangdon ishlab chiqaruvchi korxonalarining mahsulotlari almashinuviga yordam berish hamda “yashil energiya” loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, birgalikda yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Muhokama qilingan masalalar, taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi hamda mutaxassislar ishtirokida, joy tanlash, texnik, texnologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga kelishilib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayram tantanalari o‘tkaziladigan manzillar bilan tanishing:

📍Oltinsoy tumani – 24-avgust kuni "Yangi O‘zbekiston" madaniyat va istirohat bog‘i;

📍Bandixon tumani – 24-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Sariosiyo tumani – 25-avgust kuni “Shaxtiyorlar” sport maydoni;

📍Termiz tumani – 25-avgust kuni "Marvarid" dam olish maskani;

📍Jarqo‘rg‘on tumani – 25-avgust kuni markaziy "Paxtakor" o‘yingohi va istirohat bog‘i;

📍Sho‘rchi tumani – 26-avgust kuni markaziy sport maydoni "Charog‘on" istirohat bog‘i;

📍Sherobod tumani – 26-avgust kuni “Cho‘yinchi” mahallasidagi yangi sport majmuasi;

📍Uzun tumani – 26-avgust kuni "Turon" markaziy o‘yingohi;

📍Qumqo‘rg‘on tumani – 27-avgust kuni "Yoshlar" istirohat bog‘i, "Alpomish" o‘yingohi;

📍Boysun tumani – 27-avgust kuni "Boysun bahori" majmuasi amfiteatrida;

📍Muzrabot tumani – 27-avgust kuni Sport maktabi maydoni va "Shodlik" istirohat bog‘i;

📍Angor tumani – 28-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Qiziriq tumani – 28-avgust kuni tuman markaziy o‘yingohi;

📍Denov tumani – 28-avgust kuni “Sharof Rashidov” ko‘chasi markaziy chorrahasi;

📍Viloyatning asosiy bayram tadbiri - 29-avgust Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasi "Alpomish" amfiteatri
(Termiz shahri bilan birga)

🔝Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturlari 19:00 dan boshlanadi.

🎉 Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM