Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
🏆 Termiz shahridagi Yakka kurash turlari maktabida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va sovrindori Bahodir Jalolov hamda Muzaffarbek To‘raboyevlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, yoshlar, sportchilar, vohalik sport muxlislari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschimiz Bahodir Jalolov va bronza medali sohibi, kurashchimiz Muzaffarbek To‘raboyevga zarbop to‘n kiydirib, voha ahli nomidan sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan tabrikladi.

Sportchilarimiz, ularning ota-onalari va yaqinlari so‘zga chiqib, Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tibori, Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etish uchun sportchilarga yaratayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Tantanali tadbir ishtirokchilari vohaning mard o‘g‘lonlari bilan esdalik uchun suratlarga tushdi va gullar tuhfa qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Xalqimizga shunday quvonchni ulashayotgan sportchilarimizga – otangga rahmat deymiz!”

Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari tashrif uchun o‘z minnatdorchilik bildirib, o‘tgan yili dekabr oyida Surxondaryo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifida JICA bilan erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosiga to‘xtaldi. Shuningdek, Yaponiya tomoni ham erishilgan kelishuvlar va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Uchrashuvda turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik hamda Yaponiyada Termiz shahrini xavfsiz shaharlar ro‘yxatiga kiritish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini hamda uni yangi bosqichda kengaytirish va rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etishdi.

JICA delegatsiyasi vohamizga tashrifi davomida hududlarda ishlab chiqarish, logistika va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishadi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #JICA  #hamkorlik

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

🕐 my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

💬 SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

🗒 Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatidagi 2 500 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

📍Oltinsoy tumanidan 121 ta (ko'rish)
📍Angor tumanidan 141 ta (ko'rish)
📍Bandixon tumanidan 43 ta (ko'rish)
📍Boysun tumanidan 121 ta (ko'rish)
📍Muzrabot tumanidan 159 ta (ko'rish)
📍Denov tumanidan 407 ta (ko'rish)
📍Jarqo‘rg‘on tumanidan 76 ta (ko'rish)
📍Qumqo‘rg‘on tumanidan 210 ta (ko'rish)
📍Qiziriq tumanidan 115 ta (ko'rish)
📍Sariosiyo tumanidan 274 ta (ko'rish)
📍Termiz tumanidan 165 ta (ko'rish)
📍Uzun tumanidan 229 ta (ko'rish)
📍Sherobod tumanidan 148 ta (ko'rish)
📍Sho‘rchi tumanidan 221 ta (ko'rish)
📍Termiz shahridan 85 ta (ko'rish)

☎️ +99899 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 81 ta davlat aktivlarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling

🔹Oltinsoy tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Boysun tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 12 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 9 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 10 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 6 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Sho'rchi tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Termiz shahridan 8 ta (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛣 Mahallalarda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar hamda ishlab chiqilgan dasturlarga asosan og‘ir toifadagi mahallalarda yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

Jarqo‘rg‘on tumani Soqchi masalasidagi 1 km'ga yaqin masofadpgi yo‘l asfaltlandi;

Boysun tumanining tog‘li hududida joylashgan Pasurxi mahallasida 1 km'dan ortiq ortiq yo‘llar ta’mirlanib, asfalt qoplamasi yotqizildi;

Termiz tumanining yangi aholi yashash punktlaridan biri bo‘lgan Bunyodkor mahallasida 1,1 km tuproq yo‘l toshlanib, asfaltlandi. Tuproq ko‘chalar tekis va ravon asfaltlangan yo‘lga aylandi.

Vohamizning barcha hududlarida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X