Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Xabar berganimizdek, bugun surxondaryolik 50 nafar nuroniylar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Mukofotlar va ko‘krak nishonlari viloyat hokimligida tashkil etilgan tadbirda tantanali topshirildi.

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev va boshqa rasmiylar tadbirga qatnasholmagan, keksa faxriylarimizning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Nuroniylar holidan xabar olishib, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlarini yetkazib berishdi.

Xususan, Angor tumanida istiqomat qiluvchi, 1936 yilda tug‘ilgan Oysoat Bobolova va Muzrabot tumanida yashovchi, 1938 yilda tug‘ilgan Ismoil To‘raevlarga ko‘krak nishonlari yetkazib berildi va mukofotlar ularning yashash xonadonlarida tantanali topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
⚽️ Yigirma bir yillik tanaffusdan so'ng «Surxon» klubi O‘zbekiston kubogi yarimfinalida

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yarimfinal yo‘llanmasi uchun kechgan bahslarda “Surxon” va “Xorazm” klublari bahs olib borishdi.

Murosasiz kechgan o‘yin yakunida “Surxon” klubi xorazmliklar ustidan 3:1 hisobida g‘olib bo‘lib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, yigirma bir yillik tanaffusdan so‘ng “Surxon” O‘zbekiston kubogining yarimfinaliga chiqdi.

👏Vakillarimizga keyingi o‘yinlarda zafarlar va omadlar tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Xizmatlar ipotekasi va kapitalga ulush kiritish yordamlarini taqdim etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Xizmatlar ipotekasi hamda ulushdorlik asosida yordam taqdim etish yuzasidan 2024-yilning uchinchi ochiq tanlovini eʼlon qildi.

⬇️ Tanlovda g‘olib deb topilgan subyektlarga quyidagi miqdor va shartlarda yordamlar ko‘rsatiladi.

↔️ Xizmatlar ipotekasi yordami:
miqdori va shartlari:
🗄yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiq kichik tadbirkorlik subyektlari uchun 5 mlrd so‘mgacha;
🗄o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 10 mlrd so‘mgacha.

🔝qaytarish sharti:
🗄yillik 17,5 foiz ustama;
🗄kelishilgan shartlarda muddatli to‘lov usulida;
🗄muddati — 7 yilgacha.
👩‍💻Batafsil maʼlumot va anteka namunasi: https://edcom.uz/uz/tenders/xizmatlar-ipotekasi

↔️ Kapitalga ulush kiritish yordami:
miqdori va shartlari:
🗄yillik daromadi 6 mlrd so’mdan ortiq bo’lgan kichik tadbirkorlik subyektlari bo’yicha 3 mlrd so‘mgacha;
🗄o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 5 mlrd so‘mgacha;
🗄muddati — 7 yilgacha.
👩‍💻Btafsil maʼlumot va anteka namunasi: https://edcom.uz/uz/tenders/7253

🗓️ Arizalar 14-avgust 18:00 ga qadar quyidagi pochta manzillariga qabul qilinadi:
🌀[email protected]
🌀[email protected]

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda tuman (shahar) saylov komissiyalari hamda saylov okruglari tuzildi

Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan shakllantirilib, viloyat hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan tuman va shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqildi va tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibiga komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning boshqa a’zolaridan iborat jami 257 nafar shaxs kiritilgan bo‘lib, ularning 105 nafari, ya’ni 40,9 foizi xotin-qizlardan iborat. A’zolarning 188 nafari ilgari ham saylov komissiyalari tarkibida ishlagan, bu borada tajribaga ega.

Majlisda shuningdek, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilib, viloyat Kengashidagi deputatlik o‘rinlariga teng miqdorda chegaralangan 50 ta saylov okrugini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.

Tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibi, manzili va telefon raqamlari, saylov okruglarining ro‘yxatlari, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan qarorlar rasmiy veb-sayt va mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlar qurilishi hamda sport va tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Termiz va Oltinsoy tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi Yangiariq hududiy shifoxonasining 80 o‘rinli binosini qurish, rekonstruksiya qilish ishlarining borishi, Oltinsoy tumanida 59-sonli oilaviy shifokorlik punkti va Sport maktabi faoliyati hamda “Yoshlar va turizm ko‘chasi”ni tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2177

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #tibbiyot #sport #yoshlarkochasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️ Termiz shahri va Termiz tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filialining xabariga ko‘ra, shu kunlarda gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan ertaga, 8-avgust kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha Termiz shahri va Termiz tumanidagi barcha iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM