Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari sharaflandi

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning, xalqimiz farovonligining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ham alohida o‘rni bor.

Surxondaryo viloyatida 4 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganining 7 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so'zga chiqib, Milliy gvardiya tizimida kechayotgan islohotlar, soha vakillarining yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi fidokorona faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib, mardona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bayram tadbirida el-yurt tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlashda jonbozlik ko‘rsatgan, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan bir guruh xodimlar viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada joziba bag‘ishlab, barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy gvardiya tashkil etilganining 7 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sariosiyo tumanida “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda ilk bor iqtisodiyot sohasidagi doktorlik ishlari himoya kengashi tashkil etildi

Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha doktorlik ishlari himoya kengashi ochildi.

Ilmiy tadqiqotchilar mazkur kengashda iqtisodiyot sohasining quyidagi 5 ta ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishlari mumkin:

◻️Ekonometrika va statistika;
◻️Moliya, pul muomalasi va kredit;
◻️Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
◻️Turizm va mehmonxona faoliyati;
◻️Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.

Mazkur kengashning ish boshlashi viloyatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishi va salohiyatli iqtisodchi olimlarning kashf etilishiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamoatchilik nazorati Termiz xalqaro aeroportini o'rgandi

IHMA Ijtimoiy inspeksiyaning viloyat boshqarmas tashabbusi bilan O‘ZNNTMA, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining hududiy bo‘lim vakillari bilan birgalikda Termiz xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilganlik holatini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

O'rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, qulay muhit va to'siqsiz sharoitlar yaratilishi  yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar tavsiya etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

O‘simliklar karantini va himoyasi Termiz tuman bo'limi: Kasallik zarakunanda hashorot va begona o'tlar tarqalishini prognoz qilish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

Bandixon tumani madaniyat bo'limi: mudiri;

Termiz tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Termiz" mahallasi хotin-qizlar faoli;

Yoshlar ishlari agentligi Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi: "O'zbekiston" mahallasi yoshlar yetakchisi;

O‘simliklar karantini va himoyasi Sariosiyo tuman bo'limi: Kasallik zarakunanda hashorot va begona o'tlar tarqalishini prognoz qilish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

O‘simliklar karantini va himoyasi Denov tuman bo'limi: AKT bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

Angor tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: Uy-joy kommunal хo'jaligi bo'yicha bosh mutaхassisi;

Denov tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: Arхitektura va qurilish sohasi bo'yicha bosh mutaхassisi;

Yoshlar ishlari agentligi Boysun tumani bo‘limi: Temirdarvoza mahallasi yoshlar yetakchisi;

Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi: Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish va gender tenglikni ta'minlash bo'yicha bosh mutaхassisi;

Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi: Кadrlar bo'limi bosh mutaхassisi;

🗓 Arizalar 06.08.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Sherobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo’yicha bosh mutaxassisi;

Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo’yicha bosh mutaxassisi;

Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo'yicha bosh mutaхassisi;

Muzrabot tumani hokimligi: Moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari bosh mutaхassisi;

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi: Yangiqishloq mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchisi;

🗓Arizalar 07.08.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kommunal soha tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, umumiy qiymati 78,7 mlrd so‘m bo‘lgan 300 o‘rinli “Tibbiyot klasteri” qurilishining yakuniy jarayonlari, Milliy gvardiya boshqarmasida madaniyat markazi, yotoqxona, tibbiyot punkti va Alisher Navoiy ko‘chasida “IT park” va “IT akademiyasi” filialining qurilishi, shuningdek, ushbu ko‘chada “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ faoliyati bilan ham tanishilib, 7 dona maxsus texnikalar hamda qo‘shimcha asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2175

#Surxondaryo #qurilish #tibbiyotklaster #ITpark #Yoshlarkochasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X